{"id":27681,"date":"2026-07-08T14:06:33","date_gmt":"2026-07-08T14:06:33","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=27681"},"modified":"2026-07-08T14:06:33","modified_gmt":"2026-07-08T14:06:33","slug":"bir-bakhtsiz-hodisa-millionlab-somlik-zhavobgarlik-kasaba-uyushmasi-khodim-huquqini-sud-orqali-himoya-qildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/07\/08\/bir-bakhtsiz-hodisa-millionlab-somlik-zhavobgarlik-kasaba-uyushmasi-khodim-huquqini-sud-orqali-himoya-qildi\/","title":{"rendered":"Bir baxtsiz hodisa \u2013 millionlab so\u2018mlik javobgarlik. Kasaba uyushmasi xodim huquqini sud orqali himoya qildi"},"content":{"rendered":"<p><strong>08.07.2026.<\/strong> Inson hayotining bahosi yo\u2018q. Ammo qonunga beparvolikning bahosi doimo yuqori bo\u2018ladi. Shuning uchun mehnatni muhofaza qilish \u2013 qonun talabi, ijtimoiy mas&#8217;uliyat va har bir ish beruvchining vijdoniy burchidir.<\/p>\n<p>Mehnat huquqlari Konstitusiya va qonunlarimiz bilan kafolatlangan eng muhim huquqlardan biridir. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa sodir bo\u2018lganida xodimning hayoti va sog\u2018lig\u2018iga yetkazilgan zararning o\u2018rnini qoplash, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasini to\u2018liq to\u2018lash hamda qonunchilikda belgilangan kompensasiyalarni o\u2018z vaqtida berish ish beruvchining bevosita majburiyati hisoblanadi.<\/p>\n<p>Afsuski, amaliyotda ayrim hollarda ushbu majburiyatlar o\u2018z vaqtida bajarilmaydi. Bunday vaziyatlarda kasaba uyushmalari xodimlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim o\u2018rin tutadi.<\/p>\n<p>Shunday holatlardan biri \u201cNAVBAHOR TEKSTIL\u201d mas&#8217;uliyati cheklangan jamiyatida mehnat faoliyatini olib borgan Nematillo Allanov bilan bog\u2018liq ishda kuzatildi. U ishlab chiqarish jarayonida yuz bergan baxtsiz hodisa natijasida og\u2018ir tan jarohati oldi. Belgilangan tartibda hodisa tekshirilib, N-1 shaklidagi dalolatnoma rasmiylashtirildi hamda Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan xodimning 25 foiz kasbiy mehnat qobiliyatini yo\u2018qotganligi belgilandi.<\/p>\n<p>Mazkur holat yuzasidan O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi mehnat texnik inspektori tomonidan ish beruvchiga qonunchilik talablarini bajarish bo\u2018yicha ko\u2018rsatma kiritilgan bo\u2018lsa-da, jamiyat zararlarni qoplash choralarini ko\u2018rmadi. Shundan so\u2018ng kasaba uyushmasi xodim manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga da&#8217;vo arizasi kiritdi.<\/p>\n<p>Fuqarolik ishlari bo\u2018yicha Navbahor tumanlararo sudi ish materiallarini har tomonlama o\u2018rganib, O\u2018zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 321\u2013324-moddalari hamda amaldagi qonunchilik talablariga asosan da&#8217;vo talablarini qanoatlantirdi.<\/p>\n<p>Joriy yilning 2 iyulidagi 2-2103-2601\/5094-sonli fuqarolik ishi bo\u2018yicha qabul qilingan sud qaroriga muvofiq:<\/p>\n<p>\u2022 davlat boji sifatida 3 274 619,82 so\u2018m davlat daromadiga undirilishi;<br \/>\n\u2022 xodim foydasiga 40 665 495,6 so\u2018m miqdorida bir yo\u2018la to\u2018lanadigan nafaqa ajratilishi;<br \/>\n\u2022 kasbiy mehnat qobiliyatini yo\u2018qotganligi uchun oylik zarar to\u2018lovlari sifatida 5 083 187 so\u2018m to\u2018lanishi;<br \/>\n\u2022 vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik davri uchun to\u2018lanmay qolgan 3 353 267,55 so\u2018m nafaqa qoplanishi belgilandi.<\/p>\n<p>Umumiy hisobda 52 376 569,98 so\u2018m miqdoridagi to\u2018lovlarni hamda kelgusida har oylik zarar to\u2018lovlarini o\u2018z vaqtida amalga oshirish majburiyati javobgar zimmasiga yuklatildi.<\/p>\n<p>Ushbu sud qarori mehnatda jarohatlangan xodimlarning huquqlari qonun bilan ishonchli himoya qilinishi, ish beruvchilar esa mehnatni muhofaza qilish va zararlarni qoplash bo\u2018yicha o\u2018z majburiyatlarini so\u2018zsiz bajarishi shartligini yana bir bor tasdiqlaydi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, mazkur ish kasaba uyushmalarining mehnat munosabatlaridagi amaliy o\u2018rnini ham yaqqol namoyon etdi. Kasaba uyushmalari nafaqat mehnat sharoitlarini yaxshilash va profilaktik choralarni tashkil etadi, balki zarur hollarda xodimlarning huquqlarini sudlarda ham qat&#8217;iyat bilan himoya qiladi.<\/p>\n<p>Xulosa qilib aytganda, har bir ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa o\u2018z vaqtida va xolisona tekshirilishi, jabrlangan xodimga qonunchilikda nazarda tutilgan barcha to\u2018lovlar o\u2018z vaqtida amalga oshirilishi lozim. Bu nafaqat qonun talabi, balki inson qadri va mehnatga bo\u2018lgan hurmatning ham muhim ifodasidir.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Mahbuba Kambarova<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Navoiy viloyati Kengashining mehnat texnik inspektori<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26541 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4896.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4896.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4896-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4896-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/01\/4896-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>08.07.2026. Inson hayotining bahosi yo\u2018q. Ammo qonunga beparvolikning bahosi doimo yuqori bo\u2018ladi. Shuning uchun mehnatni muhofaza qilish \u2013 qonun talabi, ijtimoiy mas&#8217;uliyat va har bir ish beruvchining vijdoniy burchidir. Mehnat huquqlari Konstitusiya va qonunlarimiz bilan kafolatlangan eng muhim huquqlardan biridir. Ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa sodir bo\u2018lganida xodimning hayoti va sog\u2018lig\u2018iga yetkazilgan zararning o\u2018rnini qoplash, vaqtinchalik [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[12,22,24],"tags":[],"class_list":["post-27681","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-kasaba-uyushmasi-yordam-berdi","category-pravovaya-zashhita","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27681","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=27681"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27681\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27682,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27681\/revisions\/27682"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=27681"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=27681"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=27681"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}