{"id":27684,"date":"2026-07-09T13:15:00","date_gmt":"2026-07-09T13:15:00","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=27684"},"modified":"2026-07-09T13:15:00","modified_gmt":"2026-07-09T13:15:00","slug":"kasaba-uyushmalari-faoliyatini-tashkil-etish-va-khodimlar-manfaatlarini-himoya-qilishda-global-standartlarni-zhoriy-etish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/07\/09\/kasaba-uyushmalari-faoliyatini-tashkil-etish-va-khodimlar-manfaatlarini-himoya-qilishda-global-standartlarni-zhoriy-etish\/","title":{"rendered":"Kasaba uyushmalari faoliyatini tashkil etish va xodimlar manfaatlarini himoya qilishda global standartlarni joriy etish"},"content":{"rendered":"<p><strong>09.07.2026.<\/strong> Toshkentda O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnatkashlar faoliyati bo\u2018yicha byurosi hamkorligida IndustriALL global ittifoqining \u201cKasaba uyushmalari faoliyatini tashkil etish va xodimlar manfaatlarini himoya qilishda global standartlarni joriy etish\u201d mavzusidagi Markaziy Osiyo submintaqaviy konferensiyasi o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnatkashlar faoliyati bo\u2018yicha byurosi o\u2018rtasida tuzilgan 2026 yilgi tadbirlar rejasiga asosan tashkil etilgan mazkur konferensiyada IndustriALL global ittifoqiga a&#8217;zo bo\u2018lgan 5 ta tarmoq kasaba uyushmalari, xususan, O\u2018zbekiston Kimyo va farmasevtika sanoati, Metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari, Energetika, neft&#8217;-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmalari Respublika Kengashlari, Navoiy kon-metallurgiya kombinati xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati aksiyadorlik jamiyati xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi, shuningdek, Qozog\u2018iston, Qirg\u2018iziston va Tojikiston kasaba uyushmalari delegasiyalari vakillari, Xalqaro mehnat tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun byurosi hamda IndustriALL global ittifoqi mutasaddilari ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>Xalqaro konferensiyada ta&#8217;kidlanganidek, oxirgi yillarda O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining ochiqlik siyosati doirasida demokratik islohotlar jadallashib, mehnat sohasidagi qonunchilik xalqaro standart va normalarga uyg\u2018unlashtirildi. Shuningdek, O\u2018zbekistonning Xalqaro mehnat tashkiloti bilan muloqoti yuksak darajaga ko\u2018tarildi. Buning natijasida fuqarolarimizning mehnat sohasidagi huquqlarini ta&#8217;minlash ishlari ham yangi bosqichga chiqdi.<\/p>\n<p>Ko\u2018zlangan maqsadlarga ko\u2018ra, mazkur xalqaro konferensiya bevosita kasaba uyushmalari faoliyatini tashkil etish va xodimlar manfaatlarini himoya qilishda global standartlarni joriy etish bo\u2018yicha anjuman ishtirokchilarining takliflari, fikrlari va tajribalarini konstruktiv muhokama qilish uchun qulay maydon vazifasini o\u2018tadi.<\/p>\n<p>Anjumanning aynan shu formatda o\u2018tishi, shak-shubhasiz, O\u2018zbekistonning xalqaro hamjamiyatga ochiqligini, mazkur yo\u2018nalishda faol amaliy hamkorlikka, xalqaro va xorijiy tajribani o\u2018rganish hamda hayotga tatbiq etishga tayyorligini namoyish qildi.<\/p>\n<p>Xalqaro anjumanda bugun Markaziy Osiyo mintaqasida yangi tamoyillar kuchga kirgani, ko\u2018p yillardan beri mavjud bo\u2018lgan muammolarni hal etish, savdo-iqtisodiy va madaniy-ijtimoiy aloqalarni kengaytirish, aholining barcha qatlamlari ijtimoiy himoyasini kuchaytirish uchun qulay imkoniyatlar ochilgani alohida ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p>Qayd etilganidek, bugun O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Yangi O\u2018zbekiston sharoitida, ya&#8217;ni dunyoga ochiq, islohotlarga va xalqaro jarayonlarga integratsiyalashuvga intilayotgan mamlakat sharoitida faoliyat ko\u2018rsatmoqda. Yangi O\u2018zbekiston qurilishi \u201cInson sha&#8217;ni va qadr-qimmati, uning baxti uchun\u201d tamoyiliga asoslangan.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev rahbarligida mamlakat jahon iqtisodiyotiga faol integratsiyalashib, dinamik aloqalarni rivojlantirmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonning 2019 yilda XMTning uch tomonlama maslahatlashuvlar to\u2018g\u2018risidagi 144-sonli Konvensiyasini ratifikasiya qilishi katta burilish nuqtasi bo\u2018ldi. Respublika uch tomonlama komissiyasi tuzildi. 2023 yilda yangi Mehnat kodeksining amalga kiritilishi bilan uch tomonlama munosabatlarning huquqiy asoslari misli ko\u2018rilmagan darajada kengaydi. Bugungi kunda barcha darajalarda, ya&#8217;ni respublikadan tortib boshlang\u2018ich tashkilotlargacha komissiyalar tashkil etilgan.<\/p>\n<p>Submintaqaviy konferensiyada qayd etilganidek, global tarmoq kasaba uyushmalari \u2013 bu butun dunyo bo\u2018ylab milliy kasaba uyushmalarini yagona doiraga birlashtirgan kuchli xalqaro birlashmalardir. Ularning roli juda muhim: ular oddiy xodimlarning ovozini transmilliy korporatsiyalarga yetkazadi, iqtisodiy taraqqiyot inson huquqlarining buzilishiga asoslanmasligini ta&#8217;minlaydi.<\/p>\n<p>Xalqaro anjuman davomida nufuzli xalqaro ekspertlar, mintaqaning tarmoq kasaba uyushmalari rahbarlari va xorijlik mehmonlar global o\u2018zgarishlar davrida mehnatkashlar huquqlarini himoya qilishning yangi samarali usullarini muhokama qildilar.<\/p>\n<p>Konferensiya ishtirokchilari xalqaro kasaba uyushmalari harakatining tarixiy g\u2018alabasi, ya&#8217;ni raqamli platformalarda mehnatni tartibga solish bo\u2018yicha Xalqaro mehnat tashkilotining yangi 193-sonli konvensiyasi qabul qilinganligini olqishladilar. Ushbu hujjat Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun strategik ahamiyatga ega. Chunki platformali bandlik tizimida faoliyat ko\u2018rsatayotgan xodimlar va yetkazib berish xizmatlarini ko\u2018rsatuvchilarning aksariyati qat&#8217;iy ijtimoiy kafolatlarga muhtoj yoshlardir.<\/p>\n<p>Anjumanda Markaziy Osiyo mamlakatlarining mavzuga oid muvaffaqiyatli ishlari va global doiraviy kelishuvlarning qo\u2018llanilishi ko\u2018rib chiqildi. O\u2018zbekistonning bu boradagi tajribasi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg\u2018otdi.<\/p>\n<p>Xususan, O\u2018zbekiston Hukumati, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Ish beruvchilar Konfederatsiyasi o\u2018rtasida 2026-2028 yillar uchun imzolangan Bosh jamoa kelishuvida aks etgan me&#8217;yorlar yuqori baholandi.<\/p>\n<p>Jumladan, Bosh jamoa kelishuviga ish beruvchining tashabbusi bilan xodimni ishdan bo\u2018shatish jarayonida albatta kasaba uyushma qo\u2018mitasining roziligini olish, sun&#8217;iy intellekt joriy etilishi tufayli ishdan bo\u2018shatilgan xodimlarni qayta o\u2018qitish va ishga joylashtirish masalalari kiritilgani e&#8217;tirof etildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekistonda Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda Munosib mehnat bo\u2018yicha mamlakat dasturi, shuningdek, \u201cBetter Work\u201d, \u201cInditex\u201d kabi loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani, O\u2018zbekiston Xalqaro mehnat tashkilotining 25 ta Konvensiyasini, shu jumladan, barcha fundamental va ustuvor Konvensiyalarini ratifikasiya qilgani alohida e&#8217;tirof etildi.<\/p>\n<p>Qayd etilganidek, O\u2018zbekiston mustaqilligining dastlabki 25 yilida XMTning 13 ta Konvensiyasi ratifikasiya qilingan bo\u2018lsa, so\u2018nggi 9 yil ichida 12 ta Konvensiya va 1 ta protokol ratifikasiya qilindi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasining yangilangan Konstitusiyasida bolalar mehnati va majburiy mehnatni taqiqlash, kamsitmaslik va teng qiymatdagi mehnatga teng haq to\u2018lash tamoyillari, xavfsiz mehnat sharoitlari, yillik haq to\u2018lanadigan ta&#8217;til va pensiya ta&#8217;minotiga bo\u2018lgan huquqlar kabi fundamental qadriyatlar aks etgan.<\/p>\n<p>\u201cKasaba uyushmalari to\u2018g\u2018risida\u201dgi, \u201cMehnatni muhofaza qilish to\u2018g\u2018risida\u201dgi, \u201cAholi bandligi to\u2018g\u2018risida\u201dgi, \u201cAyollar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlari kafolatlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunlar qabul qilingan. Ratifikasiya qilingan Konvensiyalar bilan birga ratifikasiya qilinmagan Konvensiyalar me&#8217;yorlarini ham o\u2018z ichiga olgan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi qabul qilingan.<\/p>\n<p>Anjuman ishtirokchilari, shu jumladan, xorijiy ekspertlar O\u2018zbekistonda kechayotgan bugungi o\u2018zgarishlar mamlakat yangi tarixini boshlab bergani, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda yuz berayotgan ulkan yangilanishlar mamlakatning dunyo hamjamiyati bilan tom ma&#8217;noda integratsiyalashuvini ta&#8217;minlayotganini e&#8217;tirof etdilar.<\/p>\n<p>Natijada bugun O\u2018zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va intellektual sohalar qatori ijtimoiy-mehnat munosabatlari hamda xalqaro mehnat standartlarini hayotga izchil tatbiq etish yo\u2018nalishlarida ham yuksak natijalarga erishilayotgani, Hukumat, kasaba uyushmalari va ish beruvchilar tashkilotlari o\u2018rtasida konstruktiv ijtimoiy muloqot yo\u2018lga qo\u2018yilgani alohida ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining sa&#8217;y-harakatlari bilan so\u2018nggi 9-10 yilda kambag\u2018allikni keskin qisqartirishga erishilgani, ishchi kuchi harakatchanligi oshirilayotgani, fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish tartibi soddalashtirilgani, ta&#8217;lim, tibbiyot va madaniyat xodimlari hamda Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan boshqa tarmoqlar xodimlarining mehnatiga haq to\u2018lash shartlari takomillashtirilgani e&#8217;tirof etildi.<\/p>\n<p>Yangi O\u2018zbekistonning har tomonlama rivojlanishida kasaba uyushmalari ham faol ishtirok etayotgani ta&#8217;kidlab o\u2018tildi. Aynan kasaba uyushmalari hukumat va ish beruvchilar bilan birgalikda ijtimoiy muloqotning asosiy ishtirokchilariga aylandi. Bu faol va teng huquqli muloqot barqarorlik, manfaatlar mutanosibligi va millionlab fuqarolar hayotini yaxshilashning asosidir.<\/p>\n<p>Bugungi kunda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi 14 ta tarmoqdagi va barcha hududlardagi 8 million nafar mehnatkashni birlashtirgan yirik jamoat tashkilotidir.<\/p>\n<p>Ijtimoiy sheriklik tamoyillari asosida Hukumat va Ish beruvchilar Konfederatsiyasi bilan O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi o\u2018rtasida Bosh jamoa kelishuvi, mamlakat miqyosida tarmoq va hududiy jamoa kelishuvlari, bevosita korxonalarda esa jamoa shartnomalari tuzilib, amal qilmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari mazkur lokal hujjatlarga muvofiq xodimlarning real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirish, mehnat bozorida talab mavjud bo\u2018lgan kadrlarni tayyorlash tizimini kengaytirish, ish bilan band bo\u2018lmagan aholi vakillarini kasbga o\u2018qitish hamda qayta o\u2018qitish ishlarida hamkorlik ko\u2018rsatmoqda.<\/p>\n<p>Kasaba uyushmalari Federatsiyasining dasturiy hujjatlariga ko\u2018ra, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga ko\u2018maklashish, yolg\u2018iz keksalar, pensionerlar, nogironligi bo\u2018lgan shaxslar, kam ta&#8217;minlangan va ko\u2018p bolali oilalarni ijtimoiy qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Shuningdek, davlat organlari va ish beruvchilar bilan hamkorlik qilish, bandlikning noan&#8217;anaviy shakllarida mashg\u2018ul kishilar hamda ularning oila a&#8217;zolarining ijtimoiy himoyasiga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo\u2018yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.<\/p>\n<p>Ikki kun davom etgan submintaqaviy konferensiyada bugungi shiddat bilan o\u2018zgarib borayotgan dunyoda globallashuv, raqamlashtirish, geosiyosiy keskinliklar va jahon savdosidagi uzilishlar fonida nostandart va platformali bandlikning o\u2018sishi jahon mehnat bozori deformasiyasiga, iqtisodiy beqarorlik va ijtimoiy tengsizlikka olib kelayotgani ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p>Dunyoda global muammolarning kuchayishi xodimlarning huquqlarini himoya qilish, munosib mehnatni ta&#8217;minlash va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan xalqaro mehnat standartlarini samarali joriy etish zaruriyatini kuchaytirayotgani qayd etildi.<\/p>\n<p>Kasaba uyushmalari munosib mehnatning asosiy manfaatdorlari sifatida mehnatkashlar huquq va manfaatlarini himoya qilish, muzokaralar olib borish, qonun ijodkorligida ishtirok etish, xalqaro hamkorlik va hamjihatlikni rivojlantirish orqali adolatli mehnat munosabatlarini shakllantirishga muhim hissa qo\u2018shmoqda.<\/p>\n<p>Xalqaro konferensiya ishtirokchilari O\u2018zbekiston jahon iqtisodiyotiga faol integratsiyalashayotgani, jadal aloqalar rivojlanayotgani va mamlakat xalqaro bozorlarga chiqayotganini ta&#8217;kidladilar.<\/p>\n<p>Shuningdek, so\u2018nggi 10 yilda yalpi ichki mahsulot barqaror o\u2018sib borayotgani, bunday natijalarga mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tadbirkorlikni faol qo\u2018llab-quvvatlash, zamonaviy sanoat majmualarini barpo etish, \u201cyashil\u201d va innovasion iqtisodiyotga o\u2018tish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, axborot texnologiyalari, turizm va moliyaviy xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan uzoqni ko\u2018zlagan siyosati tufayli erishilgani e&#8217;tirof etildi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, O\u2018zbekistonda aholi ijtimoiy himoyasiga avvalgidan ancha ko\u2018p mablag\u2018 ajratilayotgani ta&#8217;kidlandi.<\/p>\n<p>Xalqaro anjuman davomida ishtirokchilar va xalqaro ekspertlar kasaba uyushmalari faoliyatini tashkil etish va xodimlar manfaatlarini himoya qilishda global standartlarni joriy etishni ilgari surish, inson manfaatlari hamda uning yashash va mehnat qilish huquqlarini ta&#8217;minlashda kasaba uyushmalarining ishtirokini yanada kuchaytirish masalalari bo\u2018yicha o\u2018z fikr-mulohazalari va tajribalari bilan o\u2018rtoqlashdilar.<\/p>\n<p>Anjumanda bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflardan kelib chiqqan holda ishtirokchilar ijtimoiy muloqotni kuchaytirish, kasaba uyushmalari faoliyatini tashkil etish va xodimlar manfaatlarini himoya qilishda global standartlarni joriy etishni ilgari surish borasida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama etdilar.<\/p>\n<p>Muhokamalardan so\u2018ng submintaqaviy konferensiya ishtirokchilari Markaziy Osiyoda kasaba uyushmalari faoliyatini mustahkamlash va munosib mehnatni ta&#8217;minlashga qaratilgan yagona harakatlar rejasi hamda amaliy mexanizmlarni ishlab chiqdilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Muhabbat O\u2018rmonbekova<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-27687 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/3-2.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/3-2.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/3-2-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/3-2-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/3-2-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-27685 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/1-2.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/1-2.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/1-2-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/1-2-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/1-2-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-27686 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/2-2.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/2-2.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/2-2-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/2-2-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/2-2-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/> \u00a0<img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-27688 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/4-2.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/4-2.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/4-2-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/4-2-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/4-2-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-27689 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5-1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5-1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-27690 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/6.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/6.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/6-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/6-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/6-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-27691 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/7.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/7.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/7-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/7-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/7-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>09.07.2026. Toshkentda O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnatkashlar faoliyati bo\u2018yicha byurosi hamkorligida IndustriALL global ittifoqining \u201cKasaba uyushmalari faoliyatini tashkil etish va xodimlar manfaatlarini himoya qilishda global standartlarni joriy etish\u201d mavzusidagi Markaziy Osiyo submintaqaviy konferensiyasi o\u2018tkazildi. O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnatkashlar faoliyati bo\u2018yicha byurosi o\u2018rtasida tuzilgan 2026 yilgi tadbirlar [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[20,24],"tags":[],"class_list":["post-27684","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-mezhdunarodnaya-rabota","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27684","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=27684"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27684\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27692,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27684\/revisions\/27692"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=27684"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=27684"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=27684"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}