{"id":27703,"date":"2026-07-13T10:52:49","date_gmt":"2026-07-13T10:52:49","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=27703"},"modified":"2026-07-13T10:52:49","modified_gmt":"2026-07-13T10:52:49","slug":"murozhaatda-keltirilgan-holatlar-oz-tasdigini-topmadi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/07\/13\/murozhaatda-keltirilgan-holatlar-oz-tasdigini-topmadi\/","title":{"rendered":"Murojaatda keltirilgan holatlar o\u2018z tasdig\u2018ini topmadi"},"content":{"rendered":"<p><strong>13.07.2026.<\/strong> Ijtimoiy tarmoqlardan birida O\u2018zbekiston ta&#8217;lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi G\u2018ijduvon tuman bo\u2018linmasi Kengashi raisi Yu.Xomidov haqida chop etilgan anonim murojaat joyiga chiqqan holda xolis va atroflicha o\u2018rganib chiqildi.\u00a0 Xuddi shu maqsadda O\u2018zbekiston ta&#8217;lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o\u2018rinbosari va mas&#8217;ul xodimi, Respublika Kengashining Buxoro viloyati bo\u2018yicha mas&#8217;ul tashkilotchisidan iborat tuzilgan ishchi guruhi 2026 yilning 10-11 iyul&#8217; kunlari G\u2018ijduvon tumanida bo\u2018lib, murojaatda qayd etilgan holatlar yuzasidan o\u2018rganishlar olib bordi.<\/p>\n<p>Murojaatda nomi keltirilgan O\u2018zbekiston ta&#8217;lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi G\u2018ijduvon tuman bo\u2018linmasi Kengashi raisi Yunus Xomidov 2012 yil noyabr&#8217; oyidan beri mazkur lavozimda faoliyat ko\u2018rsatib kelmoqda. 2025 yil 22 mayda tuman bo\u2018linmasining 1-konferensiyasida ushbu lavozimga qayta saylangan.<\/p>\n<p>O\u2018rganish jarayonida Ishchi guruh a&#8217;zolari tumandagi 16-, 21-, 45-, 46-, 55-, va 67-umumiy o\u2018rta ta&#8217;lim maktablari direktorlari, 40-, 21-, 28-davlat maktabgacha ta&#8217;lim tashkilotlari va \u201cKelajak markazi\u201d boshlang\u2018ich kasaba uyushma qo\u2018mitalari raislari bilan muloqot o\u2018tkazib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda murojaatda keltirilgan holatlar atroflicha muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Xususan, muloqot ishtirokchilari Yu.Xomidovning ishda mas&#8217;uliyat, intizom, to\u2018g\u2018riso\u2018zlik va adolat tamoyillariga amal qilishi, har bir ta&#8217;lim tashkilotining faoliyatidan doimiy xabardor ekanligini ta&#8217;kidladilar. Uning shaxsiyati va kasb etikasi to\u2018g\u2018risida salbiy fikr bildirilmadi, aksincha ijobiy fikrlar bildirildi.<\/p>\n<p>Murojaat yuzasidan o\u2018tkazilgan o\u2018rganishlar jarayonida G\u2018ijduvon tumani maktabgacha va maktab ta&#8217;limi bo\u2018limining Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo\u2018yicha bosh mutaxassisi Rahmatillo Xasanov bilan suhbatlashildi. Suhbat jarayonida shular ma&#8217;lum bo\u2018ldiki, tuman umumiy o\u2018rta ta&#8217;lim maktablari direktorlari manager.uzedu.uz, maktabgacha ta&#8217;lim tashkilotlari rahbarlari esa managerpro.uzedu.uz platformalari orqali tanlovdan hamda viloyat direktorlar kengashi suhbatidan o\u2018tgachgina viloyat maktabgacha va maktab ta&#8217;limi boshqarmasi buyrug\u2018i bilan ishga tayinlanadi. Ushbu jarayon inson omilining aralashuviga yo\u2018l qo\u2018ymaydi. Murojaatda keltirilgan Yu.Xomidovning jiyanlari ham yuqorida qayd etilgan tartibda lavozimga tayinlangani ma&#8217;lum \u00a0bo\u2018ldi. Shuningdek, R.Hasanov Yu.Xomidovning tuman ta&#8217;lim muassasalari rahbarlarini ishga tayinlash jarayoniga aralashgan holatlarini ko\u2018rmaganini bildirdi.<\/p>\n<p>Ishchi guruhi tarmoq kasaba uyushmasi tuman bo\u2018linmasi Kengashining ijtimoiy hamkori bo\u2018lgan G\u2018ijduvon tuman maktabgacha va maktab ta&#8217;limi bo\u2018limi boshlig\u2018i H.Jumaeva bilan ham uchrashib, suhbat o\u2018tkazdi. Suhbat jarayonida u ta&#8217;lim muassasalaridagi ish sharoitlarini o\u2018rganish, kuz-qish mavsumi, yangi o\u2018quv yiliga tayyorgarlik, pedagog xodimlar bilan uchrashuvlar, nizoli holatlarni o\u2018rganish ishlarida tuman bo\u2018linmasi Kengashi raisi Yu.Xomidov tuman maktabgacha va maktab ta&#8217;limi bo\u2018limi Kengashi a&#8217;zosi sifatida hamda ijtimoiy sherik sifatida doimiy hamkorlikda ish olib borishini bildirdi. Zero, tumandagi ta&#8217;lim xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash ishlari paritet organlar bilan doimiy hamkorlikda ishlashni taqazo etadi. Shu ma&#8217;noda Yu.Xomidov nafaqat tuman maktabgacha va maktab ta&#8217;limi bo\u2018limining hozirgi rahbariyati, balki sobiq rahbarlari bilan ham ijtimoiy sheriklik asosida ishlarni tashkil etib kelgan.<\/p>\n<p>O\u2018rganish jarayonida shu narsa ham ma&#8217;lum bo\u2018ldiki, Ta&#8217;lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi G\u2018ijduvon tuman bo\u2018linmasi Kengashi tuman maktabgacha va maktab ta&#8217;limi bo\u2018limi binosida joylashganligi sababli Yu.Xomidovning yengil avtomashinasi bino hovlisidagi avtomobillar uchun mo\u2018ljalangan joyga qo\u2018yib kelingan.<\/p>\n<p>O\u2018rganishlar yakuniga ko\u2018ra anonim tarzda tarqatilgan tanqidiy murojaatda keltirilgan holatlar o\u2018z tasdig\u2018ini topmadi. Buni postga bildirilgan izohlar ham ko\u2018rsatib turibdi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-26750 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/4992.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"799\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/4992.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/4992-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/4992-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/03\/4992-768x511.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>13.07.2026. Ijtimoiy tarmoqlardan birida O\u2018zbekiston ta&#8217;lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi G\u2018ijduvon tuman bo\u2018linmasi Kengashi raisi Yu.Xomidov haqida chop etilgan anonim murojaat joyiga chiqqan holda xolis va atroflicha o\u2018rganib chiqildi.\u00a0 Xuddi shu maqsadda O\u2018zbekiston ta&#8217;lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o\u2018rinbosari va mas&#8217;ul xodimi, Respublika Kengashining Buxoro viloyati bo\u2018yicha mas&#8217;ul tashkilotchisidan iborat [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[25,24],"tags":[],"class_list":["post-27703","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-informacionnoe-sotrudnichestvo","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27703","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=27703"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27703\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27704,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27703\/revisions\/27704"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=27703"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=27703"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=27703"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}