{"id":27752,"date":"2026-07-24T18:36:29","date_gmt":"2026-07-24T18:36:29","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=27752"},"modified":"2026-07-24T18:36:29","modified_gmt":"2026-07-24T18:36:29","slug":"zominda-millat-shavkati-kitobi-taqdimoti-va-yangi-kutubkhona-ochilishi-bolib-otdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/07\/24\/zominda-millat-shavkati-kitobi-taqdimoti-va-yangi-kutubkhona-ochilishi-bolib-otdi\/","title":{"rendered":"Zominda \u201cMILLAT SHAVKATI\u201d kitobi taqdimoti va yangi kutubxona ochilishi bo\u2018lib o\u2018tdi"},"content":{"rendered":"<p><strong>24.07.2026.<\/strong> Davlatimiz rahbari ta&#8217;kidlaganidek: \u201cAgar biz bugun bolalarimizning qo\u2018liga yaxshi kitob bersak, ertaga ular, Yangi O\u2018zbekistonning buyuk kelajagini barpo etishga albatta qodir bo\u2018ladilar&#8221;.<\/p>\n<p>Bu borada Prezidentimizning 2026 yil 15 yanvardagi \u201cAholi o\u2018rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va kitob mutolaasiga bo\u2018lgan qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi qarori muhim qadam bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Mazkur qarorga muvofiq 2026-2030 yillarda aholining kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida bir kishining yil davomida kamida 10 ta kitob o\u2018qishiga erishish ko\u2018zda tutilgan. Har bir yurtdoshimizning mutolaaga intilishi uchun imkoniyat yaratish orqali uchinchi Renessans to\u2018lqiniga mutanosib ravishda kitobxonlik umummilliy harakatga aylanmoqda. Bu ezgu tashabbus mamlakat miqyosida keng quloch yozmoqda.<\/p>\n<p>Jizzax viloyatining Zomin tumanida Shoxrux nomidagi yangi kutubxonaning ochilishi bunga yorqin misoldir. Ushbu ma&#8217;naviyat maskanining foydalanishga topshirilishi katta voqelik sifatida fayzli bayramga aylanib ketdi. Tadbirda senatorlar, O\u2018zbekiston Qahramonlari, Vazirlar Mahkamasi, Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona, \u00abNuroniy\u00bb jamg\u2018armasi vakillari, olimlar, adiblar, yoshlar va Jizzax viloyati keng jamoatchiligi ishtirok etdi. Bu voqelik aslida ramziy ma&#8217;noga ega. Kutubxonalar endilikda mazmunan va mohiyatan faqat kitoblar saqlanadigan joy bo\u2018lishdan to\u2018xtadi. Bugun ular ijtimoiy hayotning intellektual markaziga aylanib bormoqda. Prezidentimizning milliy kitobxonlik harakati g\u2018oyasi taniqli siyosatshunos, qator siyosiy publisistik nashrlar muallifi, senator, O\u2018zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqovni ham ilhomlantirdi va u Zominda ana shunday ziyo maskaniga asos soldi. Siyosatshunos olim ta&#8217;kidlaganidek, mamlakatimiz rahbarining tinimsiz mehnati, dono va uzoqni ko\u2018zlagan siyosati bunyodkorlik, ilm-fan va ma&#8217;rifatning yuksak to\u2018lqinini vujudga keltirdi. Asosiy maqsad esa inson, uning sha&#8217;ni va qadr-qimmati, farovonligi va baxtidir.<\/p>\n<p>Shohruh nomli kutubxonaning tantanali ochilish marosimidan so\u2018ng tadbir ishtirokchilari ushbu zamonaviy binoda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar, uning ikkinchi qavatida kutubxona joylashgan bo\u2018lib, u yerdagi alohida bo\u2018limda O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev asarlari taqdim etilgan. Bu shunchaki nashrlar to\u2018plami emas, balki Yangi O\u2018zbekiston falsafasini, keng ko\u2018lamli islohotlar g\u2018oyalari va mamlakat kelajagiga dahldor strategik qarashlarni aks ettiruvchi o\u2018ziga xos intellektual majmuadir.<\/p>\n<p>\u2014 Muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va jamiyatning intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida Umummilliy kitobxonlik harakati yo\u2018lga qo\u2018yildi, &#8211; dedi \u00a0O\u2018zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o\u2018rinbosari Minhojiddin Hojimatov. \u2013 Bu esa mana shunday inshootlarda o\u2018z ifodasini topmoqda. Ushbu kutubxonaning tashkil etilishi va uning aholiga, ayniqsa, yoshlarga sovg\u2018a qilinishi mamlakatimiz rahbari tashabbuslarining ajoyib ifodasi bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Kutubxona fondi o\u2018zbek mumtoz adiblari asarlaridan tortib zamonaviy adabiyot va jahon durdonalarigacha bo\u2018lgan 50 mingdan ortiq bosma manbalarni o\u2018z ichiga oladi.<\/p>\n<p>Bu xali boshlanishi, xolos. Kutubxonaning elektron fondi doimiy ravishda kengayib, kitobxonlar uchun yanada ko\u2018proq imkoniyatlar yaratmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Milliy kutubxonasiga ulanish orqali kitobxonlar 10 milliondan ortiq elektron kitoblarning elektron versiyalaridan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, elektron portal orqali dunyoning deyarli istalgan nuqtasidan turib kutubxona fondiga kirish mumkin. Demak, masofalar endi ahamiyatga ega emas.<\/p>\n<p>Kitob javonlaridagi javohirlar tom ma&#8217;noda intellektual oltin fondning hazinalari.<\/p>\n<p>O\u2018zbek adabiyotining mumtoz hamda zamonaviy namunalari, jahon durdonalari, ilmiy-ommabop tarixiy asarlar, ensiklopediyalar &#8211; hammasi bir zalda<br \/>\njamlangan. Istalganini tanlash va o\u2018qish uchun qulay shart-sharoit, chinakam kitobxonlik muhiti muhayyo etilgan. Biror bir manbani topib berishlarini kutish, navbatga yozilish shart emas, bu ijodiy kayfiyatni rag\u2018batlantirib, kitobga bo\u2018lgan qiziqishni oshiradi.<\/p>\n<p>\u2014\u2014 2026 yilda \u201cYosh kitobxon\u201d tanlovining respublika bosqichida 15-19 yosh toifasida g\u2018olib chiqdim va Prezident sovg\u2018asi \u2013 BYD elektromobili bilan taqdirlandim, &#8211; dedi \u00abYosh kitobxon\u00bb tanlovi g\u2018olibi Jasurbek Abdug\u2018afforov. \u2013 Endi bizning Zominimizda ham mana shunday ajoyib kutubxona paydo bo\u2018ldi, bu yoshlarimizni kitobxonlikka yanada rag\u2018batlantirishga qaratilgan navbatdagi qadam bo\u2018ldi. Bu yerda barcha sharoitlar mavjud. Ulardan foydalangan holda yoshlar o\u2018z bilimlarini mustahkamlashga, o\u2018z Vataniga munosib bo\u2018lishga, uchinchi Renessans bunyodkorlari bo\u2018lishga intiladilar.<\/p>\n<p>Ushbu ob&#8217;ektning qurilishida barchasi \u2013 shiftlarning balandligi, devorlarning rangi, javonlar, stol va stullarning joylashuvi inobatga olingan. Zomin tabiati aks etgan tasviriy san&#8217;at asarlari did bilan tanlangan, xullas, hamma narsa bu yerga kirgan kitobxonni faqat mutolaaga chorlaydi.<\/p>\n<p>Bugun O\u2018zbekistonda kitob nafaqat bilim manbai, balki ma&#8217;rifatli, fikrlaydigan va raqobatbardosh avlodni tarbiyalashga qaratilgan davlat strategiyasining muhim qismiga aylanmoqda.<\/p>\n<p>&#8211; Men Tog\u2018ay Murod kitobini o\u2018qiyapman. Uning mazmuni haqida do\u2018stlarim aytib berishgan, lekin o\u2018zim o\u2018qib chiqishni xohladim, &#8211; dedi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o\u2018quvchisi Shamshodbek Hamdamqulov. &#8211; \u00a0Mazkur kutubxonada kitoblarning soni va ularning qanday joylashtirilgani hayratlanarli. Hammasi qulay, kerakli asarni osongina topish mumkin. O\u2018qish uchun joylar ham juda yaxshi. Bunday sharoitlarni yaratib berayotgan Prezidentimizga rahmat, biz esa bilimga intilamiz va ma&#8217;rifatli, kuchli shaxslar bo\u2018lib o\u2018samiz.<\/p>\n<p>Har bir eshikning o\u2018z vazifasi bor. Biri uyga, boshqasi ishga olib boradi. Mazkur kutubxona esa bilimlar dunyosiga yo\u2018l ochadi. Bu yerda Yangi O\u2018zbekiston bunyodkorlaridan tortib katta yoshdagi kitobsevarlar uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Majmua hududida 100 o\u2018rinli o\u2018quv zali betakror kitoblar dunyosi bo\u2018lsa, unga qo\u2018shimcha ravishda Book Cafe, kitob do\u2018koni, poligrafiya xizmati, intelektual bilimlarni rivojlantiruvchi texnologiyalar uyg\u2018unligi kitobga bo\u2018lgan muhabbatni shakllantiradigan va kuchaytiradigan mutlaqo boshqacha muhitni xis qilish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Kelajakka yo\u2018l birinchi qadamdan boshlanadi. Bilimga, nurli istiqbolga etguvchi maskan bu albatta maktabdir. Kutubxonaning ochilishida ishtirok etgan mehmonlar shuningdek, Zomindagi 60-o\u2018rta umumta&#8217;lim maktabida ham bo\u2018lib, bu go\u2018zal o\u2018lka tarixi, ta&#8217;lim muassasasi hayoti haqida hikoya qiluvchi muzey bilan tanishdilar. Bu maskanda siyosatshunos, Oliy Majlis Senati a&#8217;zosi Qudratilla Rafiqovning \u201cMillat Shavkati\u201d kitobi taqdimoti bo\u2018lib o\u2018tdi. Ushbu yangi nashr mamlakatimizning buguni va kelajagi haqida mazmunli muloqotga chorlovchi publisistik maqolalar to\u2018plamidir.<\/p>\n<p>Ushbu kitob \u2013 siyosiy yetakchilik fenomeni, davlat siyosiy irodasining kuchi va mamlakat taqdirida shaxsning tarixiy o\u2018rni haqidagi mulohazadir. Muallif chuqur tahlil va publisistik mushohada orqali Prezident Shavkat Mirziyoev siymosini uzoqni ko\u2018zlaydigan dono siyosatchi va keng ko\u2018lamli islohotlar tashabbuskori sifatida ochib berar ekan, millat yetakchisining Vatanga va o\u2018z xalqiga sadoqati Yangi O\u2018zbekistonni shakllantirishda asosiy mezon bo\u2018lganini tahliliy tarzda ifoda etgan. Ushbu nashr kitobxonga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar mantig\u2018ini chuqurroq tushunishga, yetakchining strategik qarorlari va yuz berayotgan o\u2018zgarishlar o\u2018rtasidagi bog\u2018liqlikni, shuningdek, har bir fuqaroning Vatan kelajagi uchun shaxsiy mas&#8217;uliyatini anglashga yordam beradi.<\/p>\n<p>Taqdimot marosimida so\u2018zga chiqqanlar ushbu nashr keng kitobxonlar ommasining qalbidan joy olishi, chuqur mulohazalarga ilhomlantirishi hamda mas&#8217;uliyat hissi, fuqarolik burchi va Vatanga bo\u2018lgan samimiy muhabbatni mustahkamlashi haqida o\u2018z fikrlarini bildirdilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati<\/strong><\/p>\n<p><strong><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-large wp-image-27753\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/1-7-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/1-7-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/1-7-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/1-7-768x512.jpg 768w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/1-7.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-large wp-image-27754\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/2-6-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/2-6-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/2-6-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/2-6-768x512.jpg 768w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/2-6.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-large wp-image-27755\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/3-5-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/3-5-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/3-5-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/3-5-768x512.jpg 768w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/3-5.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-large wp-image-27756\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/4-4-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/4-4-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/4-4-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/4-4-768x512.jpg 768w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/4-4.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-large wp-image-27757\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5-3-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5-3-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5-3-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5-3-768x512.jpg 768w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/5-3.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-large wp-image-27758\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/6-1-1024x682.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"682\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/6-1-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/6-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/6-1-768x512.jpg 768w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/07\/6-1.jpg 1280w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/strong><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>24.07.2026. Davlatimiz rahbari ta&#8217;kidlaganidek: \u201cAgar biz bugun bolalarimizning qo\u2018liga yaxshi kitob bersak, ertaga ular, Yangi O\u2018zbekistonning buyuk kelajagini barpo etishga albatta qodir bo\u2018ladilar&#8221;. Bu borada Prezidentimizning 2026 yil 15 yanvardagi \u201cAholi o\u2018rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va kitob mutolaasiga bo\u2018lgan qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi qarori muhim qadam bo\u2018ldi. Mazkur qarorga muvofiq 2026-2030 yillarda aholining kitobxonlik madaniyatini [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[30,24],"tags":[],"class_list":["post-27752","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-kultura-i-sport","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27752","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=27752"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27752\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":27759,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/27752\/revisions\/27759"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=27752"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=27752"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=27752"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}