{"id":28166,"date":"2026-08-24T13:01:48","date_gmt":"2026-08-24T13:01:48","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=28166"},"modified":"2026-08-24T13:01:48","modified_gmt":"2026-08-24T13:01:48","slug":"kasaba-uyushmalari-komagida-surkhondaryoda-khodimlarning-mehnat-huquqlari-tiklandi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/08\/24\/kasaba-uyushmalari-komagida-surkhondaryoda-khodimlarning-mehnat-huquqlari-tiklandi\/","title":{"rendered":"Kasaba uyushmalari ko\u2018magida Surxondaryoda xodimlarning mehnat huquqlari tiklandi"},"content":{"rendered":"<p><strong>24.08.2026.<\/strong> O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashiga murojaat qilgan bir qator xodimlarning mehnat huquqlari kasaba uyushmalari aralashuvi va sudlardagi huquqiy himoya natijasida tiklandi.<\/p>\n<p>Viloyat kengashi mehnat huquq inspektorlari tomonidan murojaatlar o\u2018rganilib, qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Xodimlar manfaatini himoya qilish maqsadida sudlarga da&#8217;vo arizalari kiritilib, natijada ishga tiklash, ish haqlarini undirish hamda ma&#8217;naviy zararni qoplash bo\u2018yicha ijobiy qarorlarga erishildi.<\/p>\n<p>Rahbar tazyiqi ostida yozilgan ariza xodimni ishdan bo\u2018shatish uchun asos bo\u2018la olmaydi<\/p>\n<p>Jarqo\u2018rg\u2018on tumanida yashovchi Diloram Mengnarova 2018 yildan buyon 19950-sonli harbiy qismda turli lavozimlarda ishlab kelgan. U mehnat shartnomasi bekor qilinishidan oldin radiotelegrafchi QK xizmatchisi vazifasida faoliyat yuritgan.<\/p>\n<p>2026 yil 26 yanvar&#8217; kuni u rahbariyatning tazyiqi ostida ishdan bo\u2018shatish haqida ariza yozgan. Ish beruvchi esa belgilangan ikki haftalik muddatni kutmasdan, shu kunning o\u2018zida mehnat shartnomasini bekor qilgan.<\/p>\n<p>Murojaatni o\u2018rganish jarayonida ish beruvchi mehnat qonunchiligi talablariga rioya qilmagani aniqlandi. Shu sababli Surxondaryo viloyati kengashi D.Mengnarovaning manfaatini ko\u2018zlab sudga murojaat qildi.<\/p>\n<p>Qumqo\u2018rg\u2018on tumanlararo fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sudining 2026 yil 22 apreldagi qarori bilan da&#8217;vo qanoatlantirildi. Natijada D.Mengnarovaga:<\/p>\n<p>4 996 276 so\u2018m \u2014 ish haqi;<br \/>\n2 000 000 so\u2018m \u2014 ma&#8217;naviy zarar<\/p>\n<p>undirib berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Noqonuniy intizomiy jazo bekor qilindi<\/strong><\/p>\n<p>Termiz uy-joydan foydalanish qismida hisobchi bo\u2018lib ishlovchi Iroda Azizova ham kasaba uyushmalariga yordam so\u2018rab murojaat qildi.<\/p>\n<p>Unga ish beruvchi tomonidan \u00abhayfsan\u00bb intizomiy jazosi qo\u2018llanilgan edi. Murojaatni o\u2018rganishda xodimga uning funksional vazifalariga kirmaydigan ish topshirilgani va mazkur vazifani bajarmagani uchun intizomiy jazo berilgani aniqlandi. Shuningdek, xodimdan intizomiy jazo qo\u2018llashdan oldin tushuntirish xati ham talab qilinmagan.<\/p>\n<p>Surxondaryo viloyati kengashi I.Azizovaning huquqlarini himoya qilish maqsadida Termiz tumanlararo fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sudiga murojaat qildi.<\/p>\n<p>Sudning 2026 yil 25 maydagi qarori bilan xodimga nisbatan qo\u2018llanilgan intizomiy jazo bekor qilindi. Bundan tashqari, unga 2 million so\u2018m ma&#8217;naviy zarar undirib berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Ishga tiklangan xodimga 53,2 million so\u2018mdan ortiq mablag\u2018 undirildi<\/strong><\/p>\n<p>Sho\u2018rchi tumanida yashovchi Nurillo Mengliev Sho\u2018rchi tuman 1-son texnikumida kasbiy ta&#8217;lim bo\u2018yicha direktor o\u2018rinbosari lavozimida ishlab kelgan.<\/p>\n<p>Ish beruvchi 2025 yil 4 avgustdan uning mehnat shartnomasini bekor qilgan. N.Mengliev ishga tiklash masalasida sudga murojaat qilgan bo\u2018lsa-da, birinchi instansiya sudi da&#8217;voni qanoatlantirishni rad etgan.<\/p>\n<p>Xodimning apellyasiya shikoyati kasaba uyushmalari tomonidan ham qo\u2018llab-quvvatlandi. Surxondaryo viloyati sudining 2026 yil 12 martdagi qarori bilan birinchi instansiya sudining qarori bekor qilinib, N.Mengliev ishga tiklandi.<\/p>\n<p>Biroq sudda majburiy bekor yurgan davr uchun ish haqini undirish masalasi ko\u2018rilmagan edi. Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati kengashi xodim manfaatini ko\u2018zlab, mazkur mablag\u2018ni undirish uchun yana sudga murojaat qildi.<\/p>\n<p>Natijada Denov tumanlararo fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sudining 2026 yil 3 iyundagi qarori bilan N.Mengliev foydasiga:<\/p>\n<p>53 200 312 so\u2018m \u2014 majburiy bekor yurgan davr uchun ish haqi;<br \/>\n5 000 000 so\u2018m \u2014 ma&#8217;naviy zarar<\/p>\n<p>undirilishi belgilandi.<\/p>\n<p>Jami 58 200 312 so\u2018m mablag\u2018 xodim manfaatiga undirib berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Suv ta&#8217;minoti korxonasida ikki xodimning huquqlari himoya qilindi<\/strong><\/p>\n<p>\u00abSurxondaryo suv ta&#8217;minoti\u00bb aksiyadorlik jamiyati xodimlari Sattor Xudoyqulov va Erkin Pardaev ham ish beruvchining xatti-harakatlaridan norozi bo\u2018lib, kasaba uyushmalariga murojaat qildi.<\/p>\n<p>Murojaatlarni o\u2018rganish davomida har ikki xodimning ishdan bo\u2018shatilishida mehnat qonunchiligi talablari buzilgani aniqlandi. Xususan, ish beruvchi ulardan ishdan bo\u2018shatish haqidagi arizalarni majburan yozdirib olgan.<\/p>\n<p>Surxondaryo viloyati kengashi har ikki xodimning manfaatini ko\u2018zlab, ularni ishga tiklash masalasida sudga da&#8217;vo arizalari kiritdi.<\/p>\n<p>Termiz tumanlararo fuqarolik ishlari bo\u2018yicha sudining 2026 yil 10 apreldagi qaroriga ko\u2018ra:<\/p>\n<p>S.Xudoyqulov foydasiga 9 666 342 so\u2018m ish haqi va 5 000 000 so\u2018m ma&#8217;naviy zarar \u2014 jami 14 666 342 so\u2018m;<br \/>\nE.Pardaev foydasiga 6 373 068 so\u2018m ish haqi va 3 000 000 so\u2018m ma&#8217;naviy zarar \u2014 jami 9 373 068 so\u2018m<\/p>\n<p>undirib berildi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong>Inson manfaati \u2014 kasaba uyushmalarining asosiy vazifasi<\/strong><\/p>\n<p>Surxondaryo viloyatidagi ushbu holatlar kasaba uyushmalari xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilishda amaliy natijaga erishayotganini ko\u2018rsatadi.<\/p>\n<p>Ishdan noqonuniy bo\u2018shatish, asossiz intizomiy jazo yoki to\u2018lanmay qolgan ish haqi \u2014 xodimning o\u2018z huquqlarini himoya qilish imkoniyati cheklangan holat emas.<\/p>\n<p>Kasaba uyushmalari xodimning murojaatini o\u2018rganib, qonunbuzilish holatlarini aniqlash, zarur hollarda sudga murojaat qilish va xodimning qonuniy manfaatlarini oxirigacha himoya qilishda ko\u2018maklashadi.<\/p>\n<p>Surxondaryo viloyati kengashining ushbu ishlari natijasida bir qator xodimlarning huquqlari tiklanib, ular foydasiga katta miqdorda ish haqi va ma&#8217;naviy zararlar undirib berildi.<\/p>\n<p>Kasaba uyushmasi \u2014 xodimning mehnat huquqlarini himoya qilishda uning ishonchli tayanchi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-28167 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/MAM-fCXWFzSYwnh4WXFyJF1ql9cB_EuH.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/MAM-fCXWFzSYwnh4WXFyJF1ql9cB_EuH.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/MAM-fCXWFzSYwnh4WXFyJF1ql9cB_EuH-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/MAM-fCXWFzSYwnh4WXFyJF1ql9cB_EuH-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/MAM-fCXWFzSYwnh4WXFyJF1ql9cB_EuH-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>24.08.2026. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati kengashiga murojaat qilgan bir qator xodimlarning mehnat huquqlari kasaba uyushmalari aralashuvi va sudlardagi huquqiy himoya natijasida tiklandi. Viloyat kengashi mehnat huquq inspektorlari tomonidan murojaatlar o\u2018rganilib, qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Xodimlar manfaatini himoya qilish maqsadida sudlarga da&#8217;vo arizalari kiritilib, natijada ishga tiklash, ish haqlarini undirish hamda ma&#8217;naviy zararni qoplash bo\u2018yicha [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[12,22,24],"tags":[],"class_list":["post-28166","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-kasaba-uyushmasi-yordam-berdi","category-pravovaya-zashhita","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28166","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28166"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28166\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28168,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28166\/revisions\/28168"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28166"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28166"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28166"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}