{"id":28200,"date":"2026-08-27T10:47:59","date_gmt":"2026-08-27T10:47:59","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=28200"},"modified":"2026-08-27T10:47:59","modified_gmt":"2026-08-27T10:47:59","slug":"sarmishsoyda-yangi-soglomlashtirish-maskani-salomatlik-va-osoyishtalik-uchun-yangi-manzil","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/08\/27\/sarmishsoyda-yangi-soglomlashtirish-maskani-salomatlik-va-osoyishtalik-uchun-yangi-manzil\/","title":{"rendered":"Sarmishsoyda yangi sog\u2018lomlashtirish maskani: salomatlik va osoyishtalik uchun yangi manzil"},"content":{"rendered":"<p><strong>27.08.2026.<\/strong> Yangi hayot va farovon kelajak sari yana bir ezgu qadam.<\/p>\n<p>Navbahor tumanida O\u2018zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami arafasida yana bir quvonchli voqea \u2014 Sarmishsoy hududida zamonaviy keksalar va bolalar sog\u2018lomlashtirish markazi o\u2018z faoliyatini boshladi. Qalqon ota mahallasi hududida qad rostlagan ushbu zamonaviy majmua aholi salomatligini asrash, mazmunli dam olishini ta&#8217;minlash va sog\u2018lom turmush tarzini targ\u2018ib etishga qaratilgani bilan alohida ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p>Umumiy qiymati 20 milliard so\u2018m bo\u2018lgan loyiha \u201cSARMISHSOY NAVOIY\u201d MChJ tomonidan amalga oshirildi. 200 o\u2018ringa mo\u2018ljallangan markazda keksalar va bolalar uchun tibbiy-sog\u2018lomlashtirish, reabilitasiya va hordiq chiqarishning barcha zarur shart-sharoitlari yaratildi.<\/p>\n<p>Majmuada zamonaviy yotoqxonalar, davolash va fizioterapiya xonalari, ovqatlanish majmuasi, sport va dam olish maydonchalari, madaniy-ma&#8217;rifiy tadbirlar o\u2018tkazish uchun maxsus maskanlar tashkil etilgan. Hududning obodonlashtirilib, ko\u2018kalamzorlashtirilgani esa bu yerga yanada fayz va ko\u2018rk bag\u2018ishlaydi.<\/p>\n<p>Bu dargoh nafaqat salomatlikni tiklash va mustahkamlash, balki keksalar uchun xotirjam va mazmunli hordiq, bolalar uchun esa quvnoq dam olish va sog\u2018lom o\u2018sish maskani bo\u2018lib xizmat qiladi. Yangi majmuaning ishga tushirilishi Sarmishsoyning ijtimoiy infratuzilmasini yanada boyitish bilan birga, hududning sayyohlik salohiyatini yuksaltirish, yangi ish o\u2018rinlarini yaratish va aholi farovonligini oshirishga ham xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Ayniqsa, betakror tabiati, qadimiy tarixi va boy madaniy merosi bilan mashhur Sarmishsoyda bunday zamonaviy maskanning barpo etilgani hududning turistik jozibadorligini yanada oshirishga keng imkoniyat yaratadi.<\/p>\n<p>Sog\u2018lomlashtirish markazining tantanali ochilish marosimi \u201cYagona Vatan, yagona xalq bo\u2018lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!\u201d shiori ostida, yurtimizning eng ulug\u2018 va aziz bayrami \u2014 davlat mustaqilligining 35 yilligi shukuhi bilan ko\u2018tarinki ruhda o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Tadbirda Navbahor tumani hokimi Alisher Rashidov, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi raisi Nazira Tog\u2018aeva, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.<br \/>\nYig\u2018ilganlar yangi majmuaning aholi hayotidagi o\u2018rni, bu yerda yaratilgan qulayliklar, shuningdek, Sarmishsoyning ijtimoiy-iqtisodiy va turistik salohiyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr almashdilar.<\/p>\n<p>Ta&#8217;kidlanganidek, bunday zamonaviy va shinam maskanlarning barpo etilishi avvalo inson salomatligi va qadriga bo\u2018lgan e&#8217;tiborning amaliy ifodasidir. Zero, sog\u2018lom avlod va farovon keksalik uchun yaratilgan har bir sharoit \u2014 yurt taraqqiyoti va xalq farovonligiga qo\u2018shilgan munosib hissadir. Yangi sog\u2018lomlashtirish markazi kelgusida keksalar va bolalarga sifatli tibbiy-sog\u2018lomlashtirish xizmatlarini ko\u2018rsatadigan, dam olish va reabilitasiya uchun qulay, fayzli va zamonaviy maskan sifatida aholiga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Sarmishsoyda qad rostlagan ushbu yangi dargoh \u2014 salomatlik, osoyishtalik va ezgu niyatlar maskani. Uning eshiklari yurtdoshlarimiz uchun doimo ochiq, fayz-barakasi esa ziyoda bo\u2018lsin!<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Nigora Muhammadieva<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>\u201cUZBEKISTAN AQUATICS\u201d Navoiy viloyati hududiy bo\u2018limi ijrochi direktori<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-28201 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/5431.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/5431.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/5431-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/5431-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/5431-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-28202 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/5430.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"799\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/5430.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/5430-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/5430-1024x682.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/5430-768x511.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-28203 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/5429.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/5429.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/5429-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/5429-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/08\/5429-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>27.08.2026. Yangi hayot va farovon kelajak sari yana bir ezgu qadam. Navbahor tumanida O\u2018zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yillik bayrami arafasida yana bir quvonchli voqea \u2014 Sarmishsoy hududida zamonaviy keksalar va bolalar sog\u2018lomlashtirish markazi o\u2018z faoliyatini boshladi. Qalqon ota mahallasi hududida qad rostlagan ushbu zamonaviy majmua aholi salomatligini asrash, mazmunli dam olishini ta&#8217;minlash va sog\u2018lom [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[30,24],"tags":[],"class_list":["post-28200","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-kultura-i-sport","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28200","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28200"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28200\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28204,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28200\/revisions\/28204"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28200"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28200"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28200"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}