{"id":28289,"date":"2026-09-10T14:19:38","date_gmt":"2026-09-10T14:19:38","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=28289"},"modified":"2026-09-10T14:19:38","modified_gmt":"2026-09-10T14:19:38","slug":"ozbekiston-va-moldova-kasaba-uyushmalari-hamkorligining-yangi-bosqichi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/09\/10\/ozbekiston-va-moldova-kasaba-uyushmalari-hamkorligining-yangi-bosqichi\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston va Moldova kasaba uyushmalari hamkorligining yangi bosqichi"},"content":{"rendered":"<p><strong>10.09.2026.<\/strong> O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan Moldova kasaba uyushmalari milliy Konfederatsiyasi o\u2018rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko\u2018tarildi. Joriy yilning 5 sentyabr&#8217; kuni Kishinyov shahrida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov hamda Moldova kasaba uyushmalari milliy Konfederatsiyasi raisi, Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasining umumevropa mintaqaviy kengashi prezidenti Igor&#8217; Zubku 2026-2031 yillarga mo\u2018ljallangan hamkorlik to\u2018g\u2018risidagi bitimni imzoladilar.<\/p>\n<p>Ushbu bitim xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoya qilish, jamoaviy muzokaralar hamda mehnat muhofazasi sohasida tajriba almashish va ikki mamlakat kasaba uyushmalari o\u2018rtasida bevosita aloqalarni rivojlantirishni nazarda tutadi. Hujjatda tarmoq va hududiy tashkilotlar o\u2018rtasidagi aloqalarni faollashtirish, qo\u2018shma konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari o\u2018tkazish, o\u2018quv dasturlari hamda loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, shuningdek, ikki mamlakat kasaba uyushmalari tuzilmalari o\u2018rtasidagi kasbiy aloqalarni kengaytirishga alohida e&#8217;tibor qaratilgan.<\/p>\n<p>Muzokaralarda kelgusidagi qo\u2018shma loyihalar muhokamasidan tashqari mehnat bozorida kechayotgan o\u2018zgarishlar, milliy kasaba uyushmalari oldida turgan yangi vazifalar va muammolar, bugungi kasaba uyushmalari harakatining ustuvor yo\u2018nalishlari yuzasidan fikr almashildi. O\u2018zbekiston delegasiyasi Yangi O\u2018zbekistonni barpo etish yo\u2018lida amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy va mehnat sohalaridagi o\u2018zgarishlar, xodimlar manfaatini himoya qilishda kasaba uyushmalarining o\u2018rni haqida ma&#8217;lumot berdi.<\/p>\n<p>Uchrashuvda xalq diplomatiyasining ahamiyatiga ham alohida urg\u2018u berildi. Zero, rasmiy kelishuvlar odamlar o\u2018rtasidagi bevosita muloqot bilan mustahkamlangandagina ularning amaliy samarasi to\u2018laroq namoyon bo\u2018ladi. Madaniy va sport loyihalari, sayyohlik tashabbuslari, shuningdek, mehnat jamoalari, yoshlar, mutaxassislar hamda jamoat tashkilotlari o\u2018rtasidagi aloqalar o\u2018zaro ishonchni kuchaytiradi, davlatlararo munosabatlarga samimiyat bag\u2018ishlaydi.<\/p>\n<p>Bunday sheriklik har ikki mamlakat kasaba uyushmalari uchun amaliy ahamiyatga ega. Vaholanki, bugungi kunda ular mehnat sharoitlarini yaxshilash, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, bandlikni ta&#8217;minlash, jamoaviy muzokaralarni rivojlantirish va yosh kadrlarni tayyorlash kabi yo\u2018nalishlarda o\u2018xshash maqsad va vazifalarni amalga oshiryapti. Zero, samarali yechimlar va sinovdan o\u2018tgan tajribalar bilan o\u2018rtoqlashish esa har bir mamlakatning milliy sharoiti va ehtiyojlariga moslashtirib qo\u2018llash imkonini beradi.<\/p>\n<p>Tabiiyki, imzolangan bitim amaliy natijalarda aks etishi kerak. 2026-2031 yillarda bu natijalar qo\u2018shma loyihalar, mutaxassislar almashinuvi, ta&#8217;lim dasturlari hamda kasaba uyushmalari a&#8217;zolari va mehnat jamoalariga aniq naf keltiradigan boshqa tashabbuslarda o\u2018z ifodasini topishi kutilyapti.<\/p>\n<p>Uchrashuv yakunida ikki milliy kasaba uyushma markazi rahbarlariga xalqaro kasaba uyushmalari hamkorligini rivojlantirishga qo\u2018shgan hissasi uchun mukofotlar topshirildi.<\/p>\n<p>Kishinyovdagi uchrashuv nafaqat O\u2018zbekiston va Moldova kasaba uyushmalarini, balki ikki mamlakat ishchi-xodimlarining umumiy manfaatlarini ham yaqinlashtirdi. Chunki munosib mehnat, adolatli munosabat va himoyalangan huquq har bir inson uchun birdek qadrli.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-28290 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/1-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/1-1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/1-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/1-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/1-1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-28291 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/2-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/2-1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/2-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/2-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/2-1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-28292 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/3-1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/3-1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/3-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/3-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/3-1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>10.09.2026. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan Moldova kasaba uyushmalari milliy Konfederatsiyasi o\u2018rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko\u2018tarildi. Joriy yilning 5 sentyabr&#8217; kuni Kishinyov shahrida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafikov hamda Moldova kasaba uyushmalari milliy Konfederatsiyasi raisi, Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasining umumevropa mintaqaviy kengashi prezidenti Igor&#8217; Zubku 2026-2031 yillarga mo\u2018ljallangan hamkorlik to\u2018g\u2018risidagi bitimni imzoladilar. Ushbu [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[20,24],"tags":[],"class_list":["post-28289","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-mezhdunarodnaya-rabota","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28289","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28289"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28289\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28293,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28289\/revisions\/28293"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28289"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28289"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28289"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}