{"id":28333,"date":"2026-09-18T06:58:25","date_gmt":"2026-09-18T06:58:25","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=28333"},"modified":"2026-09-18T06:58:25","modified_gmt":"2026-09-18T06:58:25","slug":"bolalar-mehnati-va-mazhburiy-mehnatga-yol-qoyilmaydi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/09\/18\/bolalar-mehnati-va-mazhburiy-mehnatga-yol-qoyilmaydi\/","title":{"rendered":"Bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo\u02bcl qo\u02bcyilmaydi"},"content":{"rendered":"<p><strong>18.09.2026.<\/strong> O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan \u201c2026 yilgi paxta yig\u2018im-terimi mavsumida terimchilar uchun shart-sharoit yaratilishi, bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo\u2018l qo\u2018ymaslik yuzasidan Milliy monitoringni tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar to\u2018g\u2018risida\u201d mavzusida Brifing o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Brifingda markaziy studiyadan ommaviy axborot vositalari vakillari, kasaba uyushmalari Federatsiyasi rahbariyati, mas&#8217;ul xodimlari, Kambag\u2018allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, O\u2018zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi vakillari ishtirok etishdi. Shuningdek, onlayn tarzda hududiy studiyalardan kasaba uyushmalari mas&#8217;ul xodimlari, Kambag\u2018allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari, Savdo-sanoat palatasi hamda O\u2018zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasining hududlardagi vakillari ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>Brifingda ta&#8217;kidlanganidek, so\u2018nggi o\u2018n yilda Muhtaraham Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoev tashabbuslari bilan yurtimizda misli ko\u2018rilmagan islohotlar amalga oshirildi. Barcha soha va yo\u2018nalishlarda, ayniqsa ijtimoiy-mehnat sohasida inson qadrini ulug\u2018lash, mehnatkashlar ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan ko\u2018plab ijobiy ishlar olib borilmoqda. Ijtimoiy-mehnat munosabatlari sohasiga oid qonunchilik hujjatlari xalqimizning, mehnatkashlarning va xalqaro ekspertlarning takliflariga binoan takomillashtirib borilmoqda.<\/p>\n<p>Qonunchilikdagi o\u2018zgarishlarning e&#8217;tiborli jihatlaridan biri, majburiy mehnatga jalb qilganlik uchun javobgarlik yanada kuchaytirildi. Majburiy mehnatga yoki bolalar mehnatiga jalb qilgan kishi o\u2018sha zahoti ma&#8217;muriy javobgarlikka tortiladi. Bundan tashqari holatdan kelib chiqib, kerak bo\u2018lsa jinoiy javobgarlikka tortish ham belgilangan.<\/p>\n<p>Albatta, bu yutuqlarga o\u2018z-o\u2018zidan erishilmadi. Bunda Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning kuchli siyosiy irodasi muhim rol&#8217; o\u2018ynadi.<\/p>\n<p>Shuningdek, milliy qonunchilik hujjatlarini xalqaro standartlarga moslashtirish bo\u2018yicha ham sezilarli darajada ishlar amalga oshirildi. Bu borada Xalqaro mehnat tashkiloti va Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi bilan hamkorlikni alohida ta&#8217;kidlab o\u2018tish zarur.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston mehnat sohasida xalqaro standartlarni keng joriy qilishda davom etmoqda. Bugungi kunda O\u2018zbekiston tomonidan ratifikasiya qilingan Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari 25 tani tashkil etadi. E&#8217;tiborli jihati, O\u2018zbekiston mustaqilligining dastlabki 25 yilida 13 ta konvensiya ratifikasiya qilingan bo\u2018lsa, so\u2018nggi 10\u00a0yilning o\u2018zida 12 ta konvensiya va 1 ta protokol ratifikasiya qilindi. Bu ishlar to\u2018xtab qolgani yo\u2018q va hozirda ham yana bir qator konvensiyalarni ratifikasiya qilish masalalari o\u2018rganib chiqilmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ham yuqorida qayd etilgan yo\u2018nalishlarda bir necha yildan buyon fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda paxta yig\u2018im-terimi mavsumida terimchilar uchun shart-sharoitlar yaratib berilishi, mavsum davomida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo\u2018l qo\u2018ymaslik yuzasidan Milliy monitoring o\u2018tkazib kelinmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018tgan yilda ham paxta yig\u2018im-terimi mavsumida majburiy mehnatning oldini olish bo\u2018yicha monitoring ishlari, shuningdek, korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qonunchiligiga amal qilinishi holatlari yuzasidan o\u2018rganishlar olib borildi.<\/p>\n<p>Xususan, 2025 yilda o\u2018tkazilgan Milliy monitoringda paxta yig\u2018im terimida bolalar mehnati va majburiy mehnatga jalb qilish holatlari uchramagan bo\u2018lsada, terim pullarining o\u2018z vaqtida berilmasligi yuzasidan 8 ming 752 nafar terimchining manfaatiga dahldor 166 ta holat, 9 ming 75 nafar terimchilar bilan mehnat shartnomasi tuzilmaganligi yuzasidan 227 ta holat, 24 ta fermer xo\u2018jaliklari va ishlab chiqarish klasterlari tomonidan 1 ming 222 nafar terimchilarga yetarli darajada mehnat va dam olish uchun shart-sharoitlar yaratilmaganligi aniqlangan.<\/p>\n<p>2026 yilgi paxta yig\u2018im-terimi mavsumida terimchilar uchun shart-sharoitlar yaratib berilishi, mavsum davomida bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo\u2018l qo\u2018ymaslik yuzasidan Milliy monitoring O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan O\u2018zbekiston Savdo-sanoat palatasi va O\u2018zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi (O\u2018zNNTMA)ga a&#8217;zo bo\u2018lgan fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida o\u2018tkaziladi va 25 sentyabrdan boshlanib, 31 oktyabrga qadar davom etadi.<\/p>\n<p>Monitoringni o\u2018tkazishdan asosiy maqsad paxta yig\u2018im-terimi ishlarida voyaga yetmagan shaxslarning, o\u2018quvchi va talabalarning, byudjet va nobyudjet tashkilotlari xodimlarining majburiy mehnatidan foydalanishga yo\u2018l qo\u2018yilmasligi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdir. Shuningdek, paxta yig\u2018im-terimi mavsumida terimchilar uchun yetarli yashash, dam olish va mehnat sharoitlari yaratilganini baholash, qo\u2018lda terilgan har bir kilogramm paxta xom ashyosi uchun adolatli mehnat haqi to\u2018lanishini nazorat qilish, paxta-to\u2018qimachilik klasteri, fermer xo\u2018jaliklari va fuqaro o\u2018rtasida mavsumiy ishlarni bajarish to\u2018g\u2018risidagi mehnat shartnomasi tuzilganligini nazorat qilish, terim otryadi bilan paxta yetishtiruvchi xo\u2018jalik o\u2018rtasida jamoa shartnomasi tuzilganligini nazorat qilish, aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralarini ko\u2018rish va monitoring natijalari yuzasidan O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo\u2018yicha Milliy komissiyaga axborot berib borish ham maqsad qilingan.<\/p>\n<p>Shuningdek, Ijtimoiy-mehnat masalalari bo\u2018yicha respublika uch tomonlama komissiyasi tomonidan tayyorlangan \u201c2026 yil paxta hosilini nes-nobud qilmasdan uyushqoqlik bilan yig\u2018ib-terib olishga ko\u2018maklashishni tashkil etish bo\u2018yicha TAVSIYaLAR\u201dga rioya etilishi ham monitoring jarayonida o\u2018rganiladi.<\/p>\n<p>Monitoringni tashkil etish uchun Federatsiya tomonidan hududiy monitoring guruhlari tuzilib, ularning tarkibiga tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlarining mas&#8217;ul xodimlari, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining hududiy Kengashlari mehnat texnik inspektorlari, shuningdek, kelishilgan holda Savdo-sanoat palatasi va O\u2018zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasining joylardagi a&#8217;zo tashkilotlari vakillari kiritildi.<\/p>\n<p>Monitoring samaradorligini oshirish, ular uchun qulay mehnat sharoiti yaratish maqsadida monitoring o\u2018tkazish ishchi guruhlari tarkibidagi kasaba uyushmasi xodimlari monitoring jarayonida foydalanish uchun maxsus kiyim bosh, poyabzal va hududiy guruhlar rahbarlari planshetlar bilan ta&#8217;minlandi.<\/p>\n<p>Milliy monitoringni sifatli o\u2018tkazish uchun uning uslubiyoti mavjud vaziyatdan kelib chiqib takomillashtirib borilmoqda. Uslubiyot ilovalarida \u201cMonitoring guruhlarining joylarda harakatlanish ketma-ketligi\u201d, \u201cMonitoringda interv&#8217;yu olish savolnomasi\u201d, \u201cPaxta yig\u2018im-terimi ishtirokchilari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni baholash bo\u2018yicha savolnoma\u201d va axborot berish shakllari berilgan.<\/p>\n<p>Monitoring guruhlarining Harakatlanish tartibiga kelsak, kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan hududiy ishchi guruhlar rahbarlariga dushanba-shanba kunlari davomida ertalab soat 07:00 da 3 tagacha boriladigan hududning tasodifiy GPS-koordinatlari yuboriladi hamda guruhlar yuborilgan yo\u2018nalishga soat 09:00 dan kechikmasdan chiqib ketadi.<\/p>\n<p>Agarda monitoring jarayonida dalada paxta terayotgan voyaga yetmagan shaxslar aniqlansa, ularni zudlik bilan daladan olib chiqish va o\u2018quv dargohiga yoki uyiga yetkazilish choralari ko\u2018riladi. Bu haqda Akt (Dalolatnoma) tuziladi va mehnat inspeksiyasiga chora ko\u2018rish uchun beriladi.<br \/>\nMajburiy mehnatdan foydalanish xolatlari aniqlangan holda esa zudlik bilan kasaba uyushmalarining inspektori tomonidan vaziyat o\u2018rganiladi hamda Akt (Dalolatnoma) tuzilib, ularni ish joylariga qaytarish choralari ko\u2018riladi. Shu bilan birga hududiy \u201cQayta aloqa mexanizmi\u201d vakillariga ham xabar beriladi.<\/p>\n<p>Xodimlarning mehnat huquqlari buzilishini oldini olishga qaratilgan O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi Qayta aloqa mexanizmi, mavsum davomida uzluksiz ravishda kechayu kunduz ishlaydi.<\/p>\n<p>Buning uchun joriy yilning 15 sentyabridan boshlab Federatsiya Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash sho\u2018&#8217;basi va hududlardagi filiallarida kasaba uyushmalari vakillarining doimiy navbatchiligi tashkil qilindi. Kelib tushgan murojaatlarni tezkorlik bilan ko\u2018rib chiqish maqsadida 10-92 qisqa raqamli \u201cIshonch telefoni\u201d, internet saytlar, telegram ijtimoiy tarmog\u2018i imkoniyatlaridan keng foydalaniladi.<\/p>\n<p>Bu haqda kasaba uyushmalari tomonidan 200 ta banner tayorlandi va barcha tuman, shahar markazlariga joylashtirildi.<\/p>\n<p>Korxona, tashkilot, muassasalar hamda odam gavjum bo\u2018ladigan joylarga 10 ming dona poster joylashtiriladi hamda mehnatkashlar va aholi vakillarining qo\u2018liga 200 ming dona flaer tarqatiladi.<\/p>\n<p>Milliy monitoring davrida o\u2018rganish natijalarini oshkor etmaslik tamoyiliga amal qilinadi (O\u2018zbekiston Respublikasining \u201cBola huquqlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi va \u201cShaxsiy ma&#8217;lumotlar to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunlari hamda Xalqaro mehnat tashkiloti bilan kelishilgan \u201cMonitoring uslubiyoti\u201d talablariga muvofiq oshkor etmaslik tamoyiliga amal qilinadi) va monitoring yakunlari to\u2018g\u2018risida dekabr&#8217; oyida o\u2018tkaziladigan Davra suhbatida batafsil e&#8217;lon qilinadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-28334 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5486.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5486.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5486-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5486-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5486-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-28335 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5485.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5485.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5485-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5485-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5485-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-28336 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5484.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5484.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5484-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5484-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5484-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-28337 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5483.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5483.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5483-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5483-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5483-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>18.09.2026. O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan \u201c2026 yilgi paxta yig\u2018im-terimi mavsumida terimchilar uchun shart-sharoit yaratilishi, bolalar mehnati va majburiy mehnatga yo\u2018l qo\u2018ymaslik yuzasidan Milliy monitoringni tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar to\u2018g\u2018risida\u201d mavzusida Brifing o\u2018tkazildi. Brifingda markaziy studiyadan ommaviy axborot vositalari vakillari, kasaba uyushmalari Federatsiyasi rahbariyati, mas&#8217;ul xodimlari, Kambag\u2018allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,31,24],"tags":[],"class_list":["post-28333","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-oxrana-truda","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28333","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28333"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28333\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28338,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28333\/revisions\/28338"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28333"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28333"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28333"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}