{"id":28362,"date":"2026-09-22T07:25:55","date_gmt":"2026-09-22T07:25:55","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=28362"},"modified":"2026-09-22T07:26:53","modified_gmt":"2026-09-22T07:26:53","slug":"khavfsiz-va-munosib-mehnat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/09\/22\/khavfsiz-va-munosib-mehnat\/","title":{"rendered":"Xavfsiz va munosib mehnat"},"content":{"rendered":"<p><strong>22.09.2026.<\/strong> Qirg\u2018iziston Respublikasining Bishkek shahrida \u00abXavfsiz va munosib mehnat: xodimlarning hayoti, salomatligi va mehnat huquqlarini ta&#8217;minlashda kasaba uyushmalarining roli\u00bb mavzusida xalqaro tadbir bo\u2018lib o\u2018tdi.<\/p>\n<p>Tadbirda Xalqaro mehnat tashkiloti, davlat organlari, ish beruvchilar, soha ekspertlari hamda Qozog\u2018iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg\u2018iziston, Gruziya, Ozarbayjon va O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari vakillari ishtirok etdilar.<\/p>\n<p>Xalqaro muloqot davomida xavfsiz va sog\u2018lom mehnat sharoitlarini ta&#8217;minlash, kasbiy xavflarni baholash va ularning oldini olish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklari profilaktikasini kuchaytirish, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish hamda ijtimoiy muloqotni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining 155 va 187-sonli konvensiyalarining ahamiyati, raqamlashtirish, avtomatlashtirish, sun&#8217;iy intellekt va iqlim o\u2018zgarishi ta&#8217;sirida yuzaga kelayotgan yangi kasbiy va psixoijtimoiy xavflar, ularni boshqarishning zamonaviy yondashuvlariga alohida e&#8217;tibor qaratildi.<\/p>\n<p>Tadbir doirasida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari vakillari tomonidan mamlakatimizda mehnatni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va milliy tajriba taqdim etildi. Xususan, O\u2018zbekiston Tadbirkorlik, biznes va xizmat ko\u2018rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining mehnatni muhofaza qilish bo\u2018yicha bosh mutaxassisi Marat Adilov \u00abMehnatni muhofaza qilish milliy tizimini mustahkamlash: siyosat, ijtimoiy muloqot va profilaktikada kasaba uyushmalarining roli\u00bb, O\u2018zbekiston Energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining mehnatni muhofaza qilish bo\u2018yicha bosh mutaxassisi Dildora Baratova esa \u00abRaqamlashtirish, avtomatlashtirish va sun&#8217;iy intellekt sharoitida mehnatni muhofaza qilish\u00bb mavzusida ma&#8217;ruza qildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, ishtirokchilar Qirg\u2018iz Respublikasi Mehnat, ijtimoiy ta&#8217;minot va migratsiya vazirligi huzuridagi Respublika protez-ortopediya buyumlari muassasasida mehnatni muhofaza qilish bo\u2018yicha amaliy tajriba bilan tanishdilar.<\/p>\n<p>Tadbir doirasida Isik-Ota sanatoriysida \u00abKasaba uyushmalari birdamligi xiyoboni\u00bbni tashkil etish bo\u2018yicha ekologik aksiya ham o\u2018tkazildi. Unda O\u2018zbekiston vakillari tomonidan qayin daraxtlari ekilib, mazkur tashabbus xalqaro kasaba uyushmalari o\u2018rtasidagi do\u2018stlik, hamkorlik va birdamlik ramzi bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Xalqaro tadbir mehnatni muhofaza qilish sohasida tajriba almashish, ilg\u2018or amaliyotlarni o\u2018rganish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda xodimlar uchun xavfsiz va munosib mehnat sharoitlarini ta&#8217;minlashda kasaba uyushmalarining rolini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-28363 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5511.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5511.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5511-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5511-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5511-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-28364 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5510.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5510.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5510-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5510-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5510-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>22.09.2026. Qirg\u2018iziston Respublikasining Bishkek shahrida \u00abXavfsiz va munosib mehnat: xodimlarning hayoti, salomatligi va mehnat huquqlarini ta&#8217;minlashda kasaba uyushmalarining roli\u00bb mavzusida xalqaro tadbir bo\u2018lib o\u2018tdi. Tadbirda Xalqaro mehnat tashkiloti, davlat organlari, ish beruvchilar, soha ekspertlari hamda Qozog\u2018iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg\u2018iziston, Gruziya, Ozarbayjon va O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari vakillari ishtirok etdilar. Xalqaro muloqot davomida xavfsiz va sog\u2018lom mehnat [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[31,20,24],"tags":[],"class_list":["post-28362","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-oxrana-truda","category-mezhdunarodnaya-rabota","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28362","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28362"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28362\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28366,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28362\/revisions\/28366"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28362"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28362"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28362"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}