{"id":28378,"date":"2026-09-24T06:30:04","date_gmt":"2026-09-24T06:30:04","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=28378"},"modified":"2026-09-24T14:10:16","modified_gmt":"2026-09-24T14:10:16","slug":"chelovek-truda-v-tsentre-bolshogo-sotrudnichestva","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/09\/24\/chelovek-truda-v-tsentre-bolshogo-sotrudnichestva\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston \u2013 Xitoy kasaba uyushmalari: Mushtarak maqsadlar hamda mehnatkashlar oldidagi umumiy mas&#8217;uliyat"},"content":{"rendered":"<p><strong>24.09.2026.<\/strong> Qariyb 18 milliard dollarlik tovar ayirboshlash, O\u2018zbekistonda faoliyat yuritayotgan 6 mingdan ziyod qo\u2018shma korxona, o\u2018nlab milliard dollarlik investisiya loyihalari&#8230;<\/p>\n<p>Ushbu raqamlar O\u2018zbekiston \u2013 Xitoy munosabatlarining bugungi ulkan ko\u2018lamidan darak beradi. Tabiiyki, har qanday yirik loyiha va iqtisodiy ko\u2018rsatkich ortida insonlar mehnati turadi. Demak, hamkorlik kengaygani sayin mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilish, ular uchun munosib mehnat sharoitlarini ta&#8217;miinlash masalalari ham dolzarb ahamiyat kasb etib boraveradi.<\/p>\n<p>23 sentyabr&#8217; kuni Pekindaa O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi, Senator Qudratilla Rafikov hamda Butunxitoy kasaba uyushmalari Fedaratsiyasi raisi Van Dunmin o\u2018rtasida bo\u2018lib o\u2018tgan uchrashuv chog\u2018ida ana shunday muhim masalalar muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Van Dunmin ayni paytda Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo\u2018mitasi raisi o\u2018rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritadi. U rahbarlik qilayotgan Butunxitoy kasaba uyushmalari Federatsiyasi 1925 yilda tashkil etilgan bo\u2018lib, mamlakatdagi hududiy va tarmoq kasaba uyushmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi, mehnatkashlar huquq va manfaatlarini ifoda etadi.<\/p>\n<p>Uchrashuv chog\u2018ida Van Dunmin Xitoyning bugungi iqtisodiy taraqqiyoti, mamlakatda yangi \u2013 o\u2018n beshinchi besh yillik rejani amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar xususida so\u2018z yuritdi. U O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari bilan to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri muloqotni kengaytirishga, amaliy hamkorlikni yanada kuchaytirishga, mehnat jamoalari va kasaba uyushmalari vakillari o\u2018rtasidagi almashinuvlarni rag\u2018batlantirishga tayyor ekanini bildirdi.<\/p>\n<p>Xitoy tomoni Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari bilan aloqalarni rivojlantirishga ham alohida qiziqisho\u2018 bildirmoqda. Bu esa ikki tomonlama munosabatlarning kelgusida yanada keng mintaqaviy mazmun kasb etishidan dalolat beradi.<\/p>\n<p>Qudratilla Rafikov o\u2018z nutqida O\u2018zbekiston \u2013 Xitoy munosabatlarining bugungi yuksak darajasida ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotganini alohida ta&#8217;kidladi.<\/p>\n<p>\u201cBugun davlatimiz rahbarlari, yaqin do\u2018stlar \u2013 hurmatli Prezident Shavkat Mirziyoev va hurmatli Rais Si Szin&#8217;pinning mushtarak siyosiy irodasi tufayli O\u2018zbekiston \u2013 Xitoy hamkorligi o\u2018z tarixining eng yuksak davrini boshdan kechirmoqda\u201d, dedi Qudratilla Rafikov.<\/p>\n<p>U shu yil 31 avgust kuni Bishkek shahrida O\u2018zbekiston va Xitoy rahbarlari o\u2018rtasida bo\u2018lib o\u2018tgan muzokaralarni ham alohida qayd etdi. Ushbu muloqot chog\u2018ida davlat rahbarlari har qanday sharoitda ham mustahkam, har tomonlama strategik sheriklikni yanada kengaytirishga intilishini tasdiqlagan edi.<\/p>\n<p>\u201cXitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szin&#8217;pin Xitoy O\u2018zbekiston bilan do\u2018stlik va hamkorlikning yangi \u201coltin o\u2018n yilligini boshlashga tayyor ekanini alohida ta&#8217;kidladi\u201d, dedi Qudratilla Rafikov.<\/p>\n<p>Ikki mamlakat o\u2018rtasida iqtisodiy aloqalar kengaygani sari kasaba uyushmalari oldidagi vazifalar ko\u2018lami ham ortib bormoqda. Bugun amaldagi qo\u2018shma investisiya loyihalari portfeli qariyb 60 milliard dollarga baholanmoqda. Sanoat, energetika, transport, qishloq xo\u2018jaligi, yuqori texnologiyalarsingari hamkorlik qamrovi ham yildan-yilga kengaymoqda.<\/p>\n<p>Bu jarayonda har bir yangi korxona, har bir yirik ishlab chiqarish maydoni yangi ish o\u2018rinlari, yangi mehnat jamoalari va tabiiyki mehnat muosabatlariga doir yangi vazifalarni yuzaga keltiradi. Shu ma&#8217;noda kasaba uyushmalari o\u2018rtasidagi muloqot iqtisodiy hamkorlikning ijtimoiy tayanchlaridan biriga aylanmoqda.<\/p>\n<p>Ikki davlat kasaba uyushmalari o\u2018rtasidagi o\u2018zaro manfaatli munosabatlar ancha avval boshlangan. 2024 yil oktyabr&#8217; oyida Xitoy kasaba uyushmalari delegasiyasi Toshkentga tashrif buyurgan, muzokaralar yakunida hamkorlik to\u2018g\u2018risidagi memorandum imzolangan edi.<\/p>\n<p>Pekindagi uchrashuv esa O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari delegasiyasining Xitoyga ilk rasmiy tashrifi sifatida ham ahamiyatli bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>\u201cO\u2018zbekiston kasaba uyushmalari uchun Buitunxitoy kasaba uyushmalari Federatsiyasi \u2013 ishonchli hamkor va vaqt sinovidan o\u2018tgan do\u2018st. Bizni mushtarak maqsadlar hamda mehnatkashlar oldidagi umumiy mas&#8217;uliyat birlashtirib turadi\u201d, deya ta&#8217;kidladi Qudratilla Rafikov.<\/p>\n<p>Federatsiya raisi O\u2018zbekiston tomoni hamkorlikni yanada rivojlantirish bo\u2018yicha xitoylik hamkasblariga beshta taklif bildirganini ma&#8217;lum qildi. \u201cUlarning ikkitasi bo\u2018yicha ishlar allaqachon boshlanganidan mamnunmiz\u201d, dedi u.<\/p>\n<p>Kelgusidagi hamkorlikda tajriba almashish, kasaba uyushmalari faoliyatidagi zamonaviy yondashuvlarni o\u2018rganish, gumanitar aloqalarni kengaytirish kabi yo\u2018nalishlarga ustuvorahamiyat berish ko\u2018zda tutilmoqda. O\u2018zbekiston tomoni Xitoy kasaba uyushmalarining amaliy tajribasini o\u2018rganish va samarali mexanizmlarni milliy amaliyotga moslashtirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston delegasiyasi tashrif dasturi doirasida Sian&#8217; shahridagi Mehnat ilg\u2018orlari muzeyi, mashinasozlik zavodi hamda \u201cXitoy \u2013 Yevropa\u201d poezdlari tarkibini shakllantirish markazida bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Mazkur tanishuv chog\u2018ida, ayniqsa, Xitoyda mehnat kishisiga bo\u2018lgan munosabat delegasiya a&#8217;zolari e&#8217;tiborini tortdi.<\/p>\n<p>\u201cBiz Xitoyda mehnat ahliga ko\u2018rsatilayotgan yuksak hurmatni yana bir bor his etdik. Bugungi qudratli va zamonaviy Xitoy ana shu insonlar bilimi, mahorati va fidokorona mehnati bilan barpo etilmoqda\u201d, dedi Qudratilla Rafikov.<\/p>\n<p>Darhaqiqat, zamonaviy iqtisodiyot avvalo inson kapitali, kasb mahorativa mehnatga munosabat bilan barpo bo\u2018ladi. Xitoy tajribasida ishchi va mutaxassisarning mehnatini e&#8217;tirof etish, ularning yutuqlarini keng targ\u2018ib qilish alohida o\u2018rin tutadi.<\/p>\n<p>Muzokaralarda Xitoyning kambag\u2018allikni qisqartirish borasidagi tajribasi ham muhim mavzulardan biriga aylandi.<\/p>\n<p>Qudratilla Rafikov bu borada O\u2018zbekistonda so\u2018nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlarga to\u2018xtaldi. \u201cHurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Yangi O\u2018zbekistonda kambag\u2018allik muammosi ochiq tan olindiva uni qisqartirish davlat siyosatining ustuvor yo\u2018nalishlaridan biriga aylandi\u201d, dedi u.<\/p>\n<p>Ushbu jarayonda kasaba uyushmalari faollari ham keng ishtirok etmoqda. Shu nuqtai nazardan Xitoy tajribasi aholini qo\u2018llab-quvvatlash, bandlikni ta&#8217;minlash, daroamd manbalarini kengaytirish borasida samara bergan yondashuvlarni tahlil qilish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Muloqot davomida Butunxitoy kasaba uyushmalari Federatsiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlari kasaba uyushmalari bilan ham hamkorlikni rivojlantirish istagini bildirdi. Bu yondashuv mintaqada mehnat munosabatlari, ijtimoiy himoya va kasaba uyushmalari faoliyati bo\u2018yicha tajriba almashish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi mumkin.<\/p>\n<p>Qudratilla Rafikov Si Szi n&#8217;pin tomonidan ilgari surilgan \u201cBir makon \u2013 bir yo\u2018l\u201d tashabbusining mamlakatlar o\u2018rtasidagi iqtisodiy, transport va gumanitar aloqalarni kengaytirishdagi ahamiyatiga ham to\u2018xtaldi. Zero, yirik infratuzilma va investisiya loyihalari ko\u2018payishi barobarida ularda ishtirok etayotgan mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini ta&#8217;minlash masalasi ham tobora muhimroq ahamiyat kasb etib boradi.<\/p>\n<p>Uchrashuv yakunida Qudratilla Rafikov Van Dunminni O\u2018zbekistonga taklif qildi.<\/p>\n<p>Pekindagi uchrashuv bilan muloqotning yana bir muhim sahifasi ochildi. Olidnda esa bildirilgan takliflarni hayotga tatbiq etish, o\u2018zaro tajribani boyitish va mehnatkashlar manfaati yo\u2018lida birgalikda ishlash vazifasi turibdi. Chunki oddiy odamlar o\u2018z mehnati qadrlanayotganini his etsa, uning huquqi va manfaati ishonchli himoya qilinsa\u00b8hamkorlikning samarasi ham hayotda o\u2018z aksini topadi.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-28384 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5521.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5521.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5521-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5521-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/09\/5521-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>24.09.2026. Qariyb 18 milliard dollarlik tovar ayirboshlash, O\u2018zbekistonda faoliyat yuritayotgan 6 mingdan ziyod qo\u2018shma korxona, o\u2018nlab milliard dollarlik investisiya loyihalari&#8230; Ushbu raqamlar O\u2018zbekiston \u2013 Xitoy munosabatlarining bugungi ulkan ko\u2018lamidan darak beradi. Tabiiyki, har qanday yirik loyiha va iqtisodiy ko\u2018rsatkich ortida insonlar mehnati turadi. Demak, hamkorlik kengaygani sayin mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilish, ular uchun munosib mehnat [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[20,24],"tags":[],"class_list":["post-28378","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-mezhdunarodnaya-rabota","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28378","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28378"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28378\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28392,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28378\/revisions\/28392"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28378"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28378"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28378"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}