{"id":28425,"date":"2026-10-01T15:16:39","date_gmt":"2026-10-01T15:16:39","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=28425"},"modified":"2026-10-01T15:16:39","modified_gmt":"2026-10-01T15:16:39","slug":"kasbga-yol-ochgan-yangi-maskan-angren-shahar-4-sonli-tekhnikumning-yangi-binosi-yoshlar-ikhtiyoriga-topshirildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/10\/01\/kasbga-yol-ochgan-yangi-maskan-angren-shahar-4-sonli-tekhnikumning-yangi-binosi-yoshlar-ikhtiyoriga-topshirildi\/","title":{"rendered":"Kasbga yo\u2018l ochgan yangi maskan: Angren shahar 4-sonli texnikumning yangi binosi yoshlar ixtiyoriga topshirildi"},"content":{"rendered":"<p><strong>01.10.2026.<\/strong> Bugun yoshlarga zamonaviy bilim berish va kasbga o\u2018rgatish, ularni mehnat bozorida munosib o\u2018rin egallay oladigan malakali mutaxassislar etib tarbiyalash tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Zero, kasb egallagan, amaliy ko\u2018nikmaga ega yosh \u2014 nafaqat o\u2018z kelajagini, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilaydi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi ham tarmoq tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan va sohaga oid o\u2018quv yurtlarida ta&#8217;lim olayotgan yoshlarni har tomonlama qo\u2018llab-quvvatlashga alohida e&#8217;tibor qaratmoqda.<\/p>\n<p>Kuni kecha Angren shahridagi 4-sonli texnikumning yangi binosi zamonaviy ta&#8217;lim maskani sifatida foydalanishga topshirildi.<\/p>\n<p>Yangi binoning tantanali ochilish marosimida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev, &#8220;O\u2018zkimyosanoat&#8221; AJ raisi Odil Temirov, &#8220;Birinchi rezinotexnika zavodi&#8221; MChJ XK direktori G\u2018ulomjon Ibragimov, O\u2018zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Nigora Alimdjanova, Angren shahri 4-sonli texnikum direktori Ulug\u2018bek To\u2018xtaev, xorijiy hamkorlar, soha mutaxassislari, o\u2018qituvchi-murabbiylar va yoshlar ishtirok etdi.<\/p>\n<p>Tadbirda so\u2018zga chiqqanlar zamonaviy texnikum bugun faqat dars o\u2018tiladigan bino emas, balki yoshlarning kasbiy salohiyatini ro\u2018yobga chiqaradigan, uni haqiqiy ish muhitiga tayyorlaydigan muhim ta&#8217;lim maskani ekanini ta&#8217;kidladilar.<\/p>\n<p>Texnikumning yangi binosi &#8220;TATNEFT&#8221; kompaniyasi bilan hamkorlikda qayta ta&#8217;mirlangan bo\u2018lib, 855 o\u2018ringa mo\u2018ljallangan zamonaviy o\u2018quv ustaxonalari, faollar va sport zallari, 100 o\u2018rinli o\u2018quvchilar turar joyi hamda 150 o\u2018rinli oshxonadan iboratdir. Bu yerda ta&#8217;lim olish, kasb sirlarini o\u2018rganish va bo\u2018sh vaqtni mazmunli o\u2018tkazish uchun zarur sharoitlar yaratilgan.<\/p>\n<p>Ayniqsa, texnikumda &#8220;Birinchi rezinotexnika zavodi&#8221; MChJ XK bilan hamkorlikda dual ta&#8217;lim tizimining yo\u2018lga qo\u2018yilgani yoshlar uchun katta imkoniyatdir. Chunki bu tizimda o\u2018quvchi bilimni auditoriyada egallabgina qolmay, uni ishlab chiqarish jarayonida amaliyot bilan mustahkamlaydi. Bunday yondashuv yoshlarni kelgusida o\u2018z kasbining yetuk mutaxassisi bo\u2018lib shakllanishiga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Texnikumda tokarlik dastgohlari, elektr va gaz payvandlash, chilangarlik uskunalari, shuningdek, zamonaviy kimyo laboratoriyasi jihozlari o\u2018rnatilgan. Demak, bu yerda nazariya bilan amaliyot o\u2018rtasidagi masofa tobora qisqarib, ta&#8217;lim bevosita ishlab chiqarish ehtiyojlari bilan uyg\u2018unlashmoqda.<\/p>\n<p>Ushbu zamonaviy ko\u2018rinishda yoshlarga o\u2018z eshiklarini ochayotgan ta&#8217;lim muassasasi har bir yoshning kasb egallashi, mustaqil hayotga qadam qo\u2018yishi uchun yaratilgan yana bir katta imkoniyatdir.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Shavkat Toirov<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining madaniy-ma&#8217;rifiy va sport ishlari bo\u2018yicha yetakchi mutaxassisi<\/strong><\/p>\n<p dir=\"ltr\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-28427 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/2.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/2.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/2-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/2-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/2-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p dir=\"ltr\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-28426 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/1.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/1.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/1-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>01.10.2026. Bugun yoshlarga zamonaviy bilim berish va kasbga o\u2018rgatish, ularni mehnat bozorida munosib o\u2018rin egallay oladigan malakali mutaxassislar etib tarbiyalash tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda. Zero, kasb egallagan, amaliy ko\u2018nikmaga ega yosh \u2014 nafaqat o\u2018z kelajagini, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilaydi. O\u2018zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi ham tarmoq tizimidagi [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[24],"tags":[],"class_list":["post-28425","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28425","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28425"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28425\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28428,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28425\/revisions\/28428"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28425"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28425"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28425"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}