{"id":28429,"date":"2026-10-02T03:50:12","date_gmt":"2026-10-02T03:50:12","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=28429"},"modified":"2026-10-02T03:50:12","modified_gmt":"2026-10-02T03:50:12","slug":"genderga-oid-audit-otkazilmoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/10\/02\/genderga-oid-audit-otkazilmoqda\/","title":{"rendered":"Genderga oid audit o\u2018tkazilmoqda"},"content":{"rendered":"<p><strong>02.10.2026.<\/strong> &#8220;O\u2018zbekiston Respublikasining &#8220;Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to\u2018g\u2018risida&#8221;gi Qonuniga qo\u2018shimcha va o\u2018zgartirishlar kiritish haqida&#8221; 2022 yil 15 dekabrda qabul qilingan O\u2018zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik nazorati doirasida Genderga oid audit o\u2018tkazish belgilangan. Mazkur audit davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining o\u2018ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda genderga oid auditni o\u2018tkazish uslubiyati asosida amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>Gender huquqlarda tenglikni ta&#8217;minlash masalasi butun dunyoda dolzarb hisoblanadi. Bu bejiz emas, chunki gender huquqlarda tenglikka erishish jamiyat hayotining barcha jabhasida barqaror taraqqiyotga erishish uchun asosiy poydevor yaratib beradi. Gender \u2013 bu xotin-qizlar va erkaklar o\u2018rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta&#8217;lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo\u2018ladigan ijtimoiy jihati hisoblanadi.<\/p>\n<p>Tan olish kerak, 9-10 yil avval bu boradagi islohotlarning ko\u2018pi qog\u2018ozda qolib ketgan. Ayrim holatlarda ayollar o\u2018zlarini namoyon etishlari uchun sharoitlar kamlik qilgan. Masalan, ayol tadbirkorlik qilaman, desa, preferensiyalar berish tizimi yo\u2018q edi. Umuman, ularga imtiyozlar yaratish bo\u2018yicha huquqiy baza yaratilgan bo\u2018lsa-da, shularni ro\u2018yobga chiqarish bo\u2018yicha aniq &#8220;Yo\u2018l xaritasi&#8221; ishlab chiqilmagan edi. Oqibatda jamiyatning aslida faol bo\u2018lishi kerak bo\u2018lgan mazkur qatlami tobora passivlashib ketgan edi. Bugungi kunda esa Yangi O\u2018zbekistonda ushbu soha davlat siyosati darajasiga ko\u2018tarilgan.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan 2023 yildan buyon davlat organlari va tashkilotlarida Genderga oid audit o\u2018tkazib kelinmoqda. Genderga oid auditning navbatdagisi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan Agrosanoat majmui tarmog\u2018i tizimidagi O\u2018zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o\u2018zgarishi milliy qo\u2018mitasida o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Audit yakuniga bag\u2018ishlangan seminarda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, Ekologiya va iqlim o\u2018zgarishi milliy qo\u2018mitasi mutasaddilari, shuningdek, mazkur qo\u2018mita tasarrufidagi tashkilot va muassasalarning Xotin-qizlar va gender tenglik bo\u2018yicha Maslahat kengashi a&#8217;zolari hamda kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi a&#8217;zolari ishtirok etdilar. Seminarda o\u2018tkazilgan Genderga oid audit jarayonlari, uning normativ-huquqiy asoslari, asosiy tamoyillari to\u2018g\u2018risida batafsil ma&#8217;lumot va tushuntirishlar berildi.<\/p>\n<p>Seminarda qayd etilganidek, Genderga oid auditning asosiy vazifalari:<\/p>\n<p>davlat organlari va tashkilotlarida xotin-qizlar va erkaklar sonining nisbatini o\u2018rganish;<br \/>\ndavlat organlari va tashkilotlari o\u2018z faoliyatini genderga doir kompleks yondashuv asosida tashkil etganligi holatini o\u2018rganish;<br \/>\nxotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta&#8217;minlash sohasidagi qonunchilikning ijro etilishini baholash;<br \/>\nxotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta&#8217;minlash bo\u2018yicha takliflar ishlab chiqishdan iboratdir.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi mehnat texnik-inspektori Muqaddas Muyitdinova tadbirda so\u2018zga chiqib, auditning amaliy jarayoni haqida batafsil to\u2018xtaldi:<\/p>\n<p>\u2014 Genderga oid audit qo\u2018mita markaziy apparati, uning tizimidagi 8 ta tashkilot va 14 ta hududiy bosh boshqarmasida besh bosqichda o\u2018tkazildi, \u2014 deydi u. \u2014 1-bosqichda shtat jadvallari, lavozim yo\u2018riqnomalari, mehnat va jamoa shartnomalari, ichki hujjatlar va murojaatlar gender nuqtai nazaridan tahlil qilindi. 2-bosqichda 30 ta savoldan iborat anonim so\u2018rovnomada 2003 nafar xodim ishtirok etdi. 3-bosqichda 320 nafar xodim bilan individual suhbatlar o\u2018tkazildi. 4-bosqichda tashkil etilgan 18 ta interaktiv seminarda 740 nafar xodim qatnashdi. 5-bosqichda esa natijalar umumlashtirilib, yakuniy hisobot tayyorlandi. Shuningdek, xodimlarning gender tarkibi, kadrlar zahirasi, ma&#8217;lumot va malaka oshirish, mehnatga haq to\u2018lash masalalari ham atroflicha o\u2018rganildi.<\/p>\n<p>Tadbir ishtirokchilaridan biri, qo\u2018mita xodimlaridan biri o\u2018z fikrini shunday bayon qildi:<\/p>\n<p>\u2014 Oxirgi 10 yil ichida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbuslari bilan mamlakatimizda gender tenglikni ta&#8217;minlash va ayollarning ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilash, oila institutini har tomonlama qo\u2018llab-quvvatlash va rivojlantirish, ayollar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish bo\u2018yicha umume&#8217;tirof etilgan xalqaro normalarni milliy qonun hujjatlariga implementasiya qilish, shuningdek, ayollar huquqiy madaniyatini oshirish kabi yo\u2018nalishlarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, har qanday davlat va jamiyatning qay darajada xalqparvar hamda adolatli ekani uning xotin-qizlarga bo\u2018lgan munosabati va g\u2018amxo\u2018rligi bilan belgilanadi. Mamlakatimizda xalqni rozi qilish maqsadida amalga oshirilayotgan tub islohotlar jarayonida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta&#8217;minlashga alohida e&#8217;tibor qaratilmoqda. Ularning o\u2018qishi, ishlashi, salomatligi, oilasi uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.<\/p>\n<p>U shuningdek &#8220;Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to\u2018g\u2018risida&#8221;gi O\u2018zbekiston Respublikasi Qonunini misol sifatida keltirib, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklarning teng ishtirok etishini ta&#8217;minlashga qaratilgan maxsus dasturlar qabul qilinayotgani va shu asnoda gender tenglikni ta&#8217;minlash mexanizmlari yildan yilga takomillashib borayotganini ta&#8217;kidladi.<\/p>\n<p>Yuqorida ta&#8217;kidlangan Qonunda genderga oid audit o\u2018tkazishning huquqiy asoslarini mustahkamlash, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari ta&#8217;minlanishi va ushbu sohada jamoatchilik nazorati o\u2018tkazilishini kuchaytirish belgilab berilgan.<\/p>\n<p>Seminarda mazkur yo\u2018nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e&#8217;tibor qaratildi. Yakunda ishtirokchilar o\u2018zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Muhabbat O\u2018rmonbekova<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-28430 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/5544.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/5544.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/5544-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/5544-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/5544-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone wp-image-28431 size-full\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/5543.jpg\" alt=\"\" width=\"1200\" height=\"800\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/5543.jpg 1200w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/5543-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/5543-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/5543-768x512.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1200px) 100vw, 1200px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>02.10.2026. &#8220;O\u2018zbekiston Respublikasining &#8220;Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to\u2018g\u2018risida&#8221;gi Qonuniga qo\u2018shimcha va o\u2018zgartirishlar kiritish haqida&#8221; 2022 yil 15 dekabrda qabul qilingan O\u2018zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida jamoatchilik nazorati doirasida Genderga oid audit o\u2018tkazish belgilangan. Mazkur audit davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining o\u2018ziga xos [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[27,24],"tags":[],"class_list":["post-28429","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-zashhita-socialno-ekonomicheskix-interesov","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28429","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28429"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28429\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28432,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28429\/revisions\/28432"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28429"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28429"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28429"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}