{"id":28613,"date":"2026-10-29T07:50:01","date_gmt":"2026-10-29T07:50:01","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=28613"},"modified":"2026-10-29T08:07:17","modified_gmt":"2026-10-29T08:07:17","slug":"millat-shavkati-asari-haqida-soz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/10\/29\/millat-shavkati-asari-haqida-soz\/","title":{"rendered":"\u201cMillat Shavkati\u201d asari haqida so\u2018z"},"content":{"rendered":"<p><strong>29.10.2026.<\/strong> Insoniyat paydo bo\u2018libdiki, har bir shaxs hayotda o\u2018z o\u2018rnini topishga intilib keladi. Kimdir umri davomida xalqi, millati va Vatanining taraqqiyotiga munosib hissa qo\u2018shadi, shu bilan birga, kelgusi avlodlar uchun ibratli hayot maktabini yaratib qoldiradi. Aynan shunday insonlarning mehnati va matonati jamiyatning ma\u2019naviy tayanchiga aylanadi.<\/p>\n<p>Shu bois jamiyat dunyoqarashini boyitadigan adabiyotga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Tohir Malikning \u201cOdamiylik mulki\u201d, Chingiz Aytmatovning \u201cAsrga tatigulik kun\u201d, Tog\u2018ay Murodning \u201cOtamdan qolgan dalalar\u201d, O\u2018tkir Hoshimovning \u201cIkki eshik orasi\u201d, Shukrulloning \u201cKafansiz ko\u2018milganlar\u201d, Qo\u2018chqor Norqobilning \u201cDaryo ortidagi yig\u2018i\u201d kabi asarlarini o\u2018qiganimda hayotning achchiq falsafasi, inson umrining mazmunli dovonlari, qat\u2019iyat va iroda, muhabbat va nafrat o\u2018rtasidagi chegaralar hamda mashaqqatli, ammo zafarli sinovlar doimo diqqatimni tortgan. Bu asarlar chinakam tarbiya maktabi vazifasini o\u2018taydi, desak mubolag\u2018a bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>Qayta-qayta o\u2018qiladigan ana shunday kitoblar qatoridan senator va siyosatshunos Qudratilla Rafiqovning \u201cMillat Shavkati\u201d asari ham o\u2018rin olganini mamnuniyat bilan ta\u2019kidlash joiz.<\/p>\n<p>Kitobda muallif yangilanayotgan O\u2018zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko\u2018lamli islohotlarni chuqur tahlil qilib, vatanparvarlik ruhi bilan sug\u2018orilgan publitsistik maqolalari orqali kitobxon qalbiga kirib boradi. O\u2018quvchi asarni mutolaa qilar ekan, yangi O\u2018zbekistonning buguni va istiqboli haqida mushohada yurita boshlaydi, beixtiyor millatning ulg\u2018ayishi, vatanning kelajagi, tinchligi hamda ravnaqi uchun o\u2018z zimmasidagi mas\u2019uliyat va burchni his etadi. Aslida, asarning asl kuchi ham mana shunda.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, ushbu kitob siyosiy arbob, davlat rahbari \u2013 O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev portretiga berilgan siyosiy baho va ma\u2019rifiy e\u2019tirofdir. Prezidentning bilim va tafakkuri, shijoati, fidoyiligi, xalqparvarligi hamda vatanparvarligi hayotiy misollar yordamida, sodda va tushunarli tilda bayon qilingan.<\/p>\n<p>Muhimi shundaki, asar orqali bugungi islohotlar faqat yangi qonunlar yoki muhtasham inshootlar bilan emas, balki eng avvalo odamlarning tafakkuri bilan o\u2018lchanishiga guvoh bo\u2018lish mumkin. Bu an\u2019anaviy yondashuvlardan farq qilib, yangilanishlar jamiyat ongidagi o\u2018zgarishlar, inson qadr-qimmati va kelajakka bo\u2018lgan ishonch mezonlari orqali tahlil etiladi.<\/p>\n<p>Har bir inson komillikka intilar ekan, bu jarayonda tafakkur asosiy mezon va o\u2018lchov ekaniga guvoh bo\u2018lamiz. Muallif ushbu fikrni Turkiya Respublikasi asoschisi Mustafo Kamol Otaturk faoliyati misolida asoslab beradi. Uning qayd etishicha, Otaturk xalqqa yevropacha bosh kiyim kiyishni majburiy qilganda, shunchaki kiyinish uslubini emas, balki odamlarning ichki ruhiyati va dunyoqarashini o\u2018zgartirishni maqsad qilgan edi. Bu orqali muallif shaxs shakllanishida va ijtimoiy evrilishlarda psixologiya naqadar muhim rol o\u2018ynashini hamda bu haqiqat fanda allaqachon isbotlanganini ta\u2019kidlaydi.<\/p>\n<p>Asar muallifining fikricha, mustabid tuzumdan keyingi o\u2018tish davrida odamlar dunyoqarashi va siyosiy tafakkurining o\u2018zgarishi, davlat tuzilmalari hamda jamiyatni isloh qilishdan ham og\u2018irroq kechgan. Bu jarayonda uzoq vaqt davomida yevrotsentrizm g\u2018oyalari va muayyan his-tuyg\u2018ular ustuvorlik qildi. Shu sababli ham kitobda bugungi yangilanishlar va islohotlarning muvaffaqiyati bevosita inson tafakkurining o\u2018zgarishi bilan bog\u2018lab tahlil etiladi.<\/p>\n<p>Kitobning kirish qismida Toshkentning bir hududi tarixi tasvirlanadi. Muallif poytaxt tarixini yaxshi biladigan kitobxonlar yodiga bir paytlar mashhur bo\u2018lgan \u201cO\u2018qchi\u201d, \u201cEgarchi\u201d va \u201cOlmazor\u201d mahallalarini soladi. 1980 yillarning oxiri \u2013 \u201cqayta qurish\u201d davri va mustaqillikning dastlabki yillarida Navoiy ko\u2018chasi hamda Xadra maydoni yaqinida o\u2018ziga xos chayqov bozori shakllangan edi. Kitobda bu yer \u201ctijorat qatori\u201d deb atalgan va mustaqillikdan keyin ham ko\u2018p yil davomida shu nom bilan yurgan.<\/p>\n<p>Ilgari tashlandiq jarlik va eski loy suvoq uylardan iborat bo\u2018lgan ushbu hududda davlat rahbarining tashabbusi bilan bugun muhtasham \u201cTashkent City\u201d xalqaro ishbilarmonlik markazi qad rostladi. Mazkur ulkan evrilishlarning kitobda go\u2018zal tuyg\u2018ular va jonli tasvirlar orqali ko\u2018rsatib berilgani o\u2018quvchi qalbida beixtiyor shukronalik hissini uyg\u2018otadi.<\/p>\n<p>Shuningdek, asarda davlat rahbarining \u201cTashkent City Mall\u201d savdo-ko\u2018ngilochar markazi faoliyati bilan tanishish jarayoni alohida bayon etilgan. Bu tasvirlarda yurt farzandi, millat yetakchisining chin dildan quvongani, xalqiga bo\u2018lgan samimiy mehri va sadoqati yaqqol namoyon bo\u2018ladi. Mutolaa davomida o\u2018quvchi mazkur zamonaviy majmua haqida qiziqarli va kerakli ma\u2019lumotlarga ham ega bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda Amir Temur bobomizning hikmatli iboralari beixtiyor yodingizga to\u2018shadi: \u201cAgar siz bizning qudratimizga shubha qilsangiz, biz qurgan imoratlarga boqing\u201d.<\/p>\n<p>Darhaqiqat, bugun Yangi O\u2018zbekistonning qiyofasi o\u2018zgacha tus olgan. Yirik inshootlar, yangilangan shaharlar, obod mahallalar, qayta ta\u2019mirlangan buyuk obidalar hammamizning ko\u2018z o\u2018ngimizda jilolanib turibdi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, \u201cGinness rekordlari kitobi\u201ddan o\u2018rin olgan Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazining bunyod etilishi ham xalqimizga buyuk tuhfa, desak, mubolag\u2018a bo\u2018lmaydi. Asarda davlat rahbarining oddiy odamlar, yoshlar va bolalar bilan dildan suhbatlashishi, O\u2018zbekiston xalqi ham o\u2018z navbatida Prezidentiga ishonishi va uni qo\u2018llab-quvvatlashi aks ettirilgan.<\/p>\n<p>Muallif kitobda kasaba uyushmalari faoliyatidagi tub burilishlar va islohotlarni ham ishonchli dalillar asosida ko\u2018rsatib beradi. Jumladan, oxirgi yillardagi eng muhim tarixiy voqealardan biri sifatida yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilgani, kasaba uyushmalarining mehnat muhofazasi sohasidagi vakolatlari kengaytirilib, mas\u2019uliyati yanada oshirilgani alohida belgilab o\u2018tilgan.<\/p>\n<p>Kitobda mamlakatimizdagi ijtimoiy islohotlar tahlil etilar ekan, \u201cAyollar daftari\u201d tizimi Prezidentning o\u2018xshashi yo\u2018q brend loyihasi hamda inson qadrini ulug\u2018lashning oliy namunasi sifatida e\u2019tirof etiladi. Muallifning fikricha, ushbu noyob tajribaga dunyoning ko\u2018plab mamlakatlari iqtisodchilari, siyosatchilari va jamiyatshunoslari katta qiziqish bildirayotgani ham loyihaning nechog\u2018li ahamiyatli ekanidan dalolat beradi.<\/p>\n<p>Aynan mana shu nuqtada asarning bosh g\u2018oyasi va maqsadi namoyon bo\u2018ladi \u2013 yurtdagi tub o\u2018zgarishlarni shunchaki raqamlarda emas, balki ularni xalq tafakkuri va ijtimoiy hayoti bilan uzviy bog\u2018liqlikda ko\u2018rsatib berish.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbarining \u201cMen umrimni shu xalqqa tikkanman\u201d, degan chuqur ma\u2019noli so\u2018zlari tag-zamirida inson qadrini yuksaltirish, xalq manfaatlarini himoya qilish va farovon turmushni ta\u2019minlashdek ustuvor vazifalar mujassamdir. Bu haqiqat vaqt o\u2018tishi bilan hayotimizda yanada yaqqolroq aks etmoqda. Zero, bugun yangilanayotgan O\u2018zbekiston har bir fuqarosi uchun erkin, obod va farovon hayotni ta\u2019minlab berayotgan xalqchil davlatga aylanib bormoqda.<\/p>\n<p>Bugun amaldorlar xalq orasiga kirdi. Xalqimiz davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilmoqda. Har bir fuqaroning murojaati ijobiy yechim topmoqda.<\/p>\n<p>Muallif siyosatchi nuqtayi nazaridan: \u201c&#8230;ayni tamoyillar asosiga qurilgan davlat hokimiyatigina tom ma\u2019noda xalqchil, demokratik hokimiyat hisoblanadi. Bunday davlat va jamiyatning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma\u2019naviy-ma\u2019rifiy ildizlari mustahkam va baquvvat bo\u2018ladi\u201d, deya e\u2019tirof etadi.<\/p>\n<p>Shuningdek, kitobda iqtisodiy islohotlar ham atroflicha sarhisob qilinib, paxta yakkahokimligi hamda majburiy va bolalar mehnatiga chek qo\u2018yilgani alohida ta\u2019kidlanadi. Muallif turizmning rivojlanishi, soliq tizimidagi yangilanishlar, valyuta bozorining erkinlashtirilishi va naqd pul bilan bog\u2018liq muammolarning bartaraf etilishi kabi muhim o\u2018zgarishlarni tahliliy ma\u2019lumotlar bilan boyitgan. Bank-moliya sohasidagi yangilanishlar hamda xalqaro moliyaviy operatsiyalarning jahon andozalari asosida yo\u2018lga qo\u2018yilgani ham asar sahifalarida keng ochib berilgan.<\/p>\n<p>Ushbu kitobni mutolaa qilar ekansiz, O\u2018zbekiston taraqqiyoti faqat quruq iqtisodiy ko\u2018rsatkichlar bilan emas, balki odamlarning tafakkuri, qadr-qimmati va bugungi erishayotgan yutuqlari nuqtayi nazaridan tahlil etilganiga guvoh bo\u2018lasiz. Asar nafaqat ilmiy-tahliliy xulosalar chiqaradi, balki insonlar qalbiga shukronalik va vatanparvarlik tuyg\u2018ularini ham singdira oladi.<\/p>\n<p>Muallif o\u2018z hayot tajribasi va teran bilimiga suyangan holda, bir nechta sohani qamrab olgan publitsistik maqolalarida ham siyosatchi, ham iqtisodchi, ham ma\u2019rifat targ\u2018ibotchisi sifatida namoyon bo\u2018ladi va jamiyat uchun ilg\u2018or g\u2018oyalarni ilgari suradi.<\/p>\n<p>Asarda tasvirlangan voqealar muallifning shaxsiy ishtirokidagi kuzatuvlari asosida yoritilgani kitobxonni befarq qoldirmaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Erkin Bayniyazov<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>O\u2018zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi o\u2018rinbosari, qishloq xo\u2018jaligi fanlari nomzodi<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-full wp-image-28614\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/5658.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"735\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/5658.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/5658-300x215.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/10\/5658-768x551.jpg 768w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>29.10.2026. Insoniyat paydo bo\u2018libdiki, har bir shaxs hayotda o\u2018z o\u2018rnini topishga intilib keladi. Kimdir umri davomida xalqi, millati va Vatanining taraqqiyotiga munosib hissa qo\u2018shadi, shu bilan birga, kelgusi avlodlar uchun ibratli hayot maktabini yaratib qoldiradi. Aynan shunday insonlarning mehnati va matonati jamiyatning ma\u2019naviy tayanchiga aylanadi. Shu bois jamiyat dunyoqarashini boyitadigan adabiyotga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[24],"tags":[],"class_list":["post-28613","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28613","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28613"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28613\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28615,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28613\/revisions\/28615"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28613"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28613"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28613"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}