{"id":28648,"date":"2026-11-04T04:23:34","date_gmt":"2026-11-04T04:23:34","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=28648"},"modified":"2026-11-04T04:23:34","modified_gmt":"2026-11-04T04:23:34","slug":"ozbekiston-kasaba-uyushmalari-kuni-birdamlik-va-hamzhihatlik-bayrami","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/11\/04\/ozbekiston-kasaba-uyushmalari-kuni-birdamlik-va-hamzhihatlik-bayrami\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari kuni \u2014 birdamlik va hamjihatlik bayrami"},"content":{"rendered":"<p><strong>04.11.2026.<\/strong> Har yili 11 noyabr mamlakatimizda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari kuni sifatida keng nishonlanadi. Mazkur bayram munosabati bilan O\u2018zbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi korxona, tashkilot va ta\u2019lim muassasalarida xodimlarning bo\u2018sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o\u2018rtasida sog\u2018lom turmush tarzini targ\u2018ib qilish, jamoaviy hamjihatlik va do\u2018stona muhitni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator madaniy-ma\u2019rifiy va sport tadbirlari o\u2018tkazilmoqda.<\/p>\n<p>Jumladan, \u201cMaxam-Chirchiq\u201d AJ kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi tashabbusi bilan xodimlar o\u2018rtasida sportning voleybol turi bo\u2018yicha musobaqa, bilim va tafakkurni sinovdan o\u2018tkazuvchi \u201cZakovat Quiz\u201d intellektual o\u2018yini tashkil etildi. Shuningdek, 50 nafar xodim uchun Samarqand viloyatiga sayohat uyushtirilib, ularga tarixiy obidalar va betakror madaniy meros bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratildi.<\/p>\n<p>\u201cBirinchi rezinotexnika zavodi\u201d MCHJ XKda ham bayram tadbirlari ko\u2018tarinki ruhda tashkil etilmoqda. Jumladan, &#8220;Ochiq eshiklar kuni&#8221; tadbiri tashkil etildi. Unda xodimlarning yaqin qarindoshlari, do\u2018stlari, Angren kimyo sanoati texnikumi talabalari va ustozlari ishtirok etdi. Mehmonlar korxona tarixi, faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo\u2018ldilar.<\/p>\n<p>Tadbirlar rejasiga ko\u2018ra korxona kasaba uyushmasi qo\u2018mitasi tomonidan xodimlar o\u2018rtasida &#8220;Kasaba uyushmasi kubogi&#8221; uchun mini-futbol musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada korxonaning barcha ishlab chiqarish sexlari va tarkibiy bo\u2018limlaridan jami 14 ta jamoa ishtirok etdi. Yashil maydonda kechgan bellashuvlar davomida jamoalar g\u2018alaba uchun bor kuch va mahoratlarini namoyon etdilar. Shuningdek, sportning qo\u2018l kurashi va voleybol turlari bo\u2018yicha musobaqalar ham o\u2018tkazildi. Unda jamoalarning sport mahorati, o\u2018zaro hamjihatligi va g\u2018alabaga bo\u2018lgan intilishi namoyon bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>Mazkur tadbirlar mehnat jamoalarida sog\u2018lom muhitni qaror toptirish, xodimlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ular o\u2018rtasida do\u2018stlik va hamkorlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>11 noyabr \u2014 O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari kunining mazmun-mohiyati ham aynan shunda mujassam. Inson qadrini ulug\u2018lash, mehnatni e\u2019zozlash, xodimlarni qo\u2018llab-quvvatlash va jamiyatda ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlashdan iborat.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Shavkat Toirov<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi<\/strong><\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-large wp-image-28649\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/5683-1024x683.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"683\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/5683-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/5683-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/5683-768x512.jpg 768w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/5683.jpg 1200w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>04.11.2026. Har yili 11 noyabr mamlakatimizda O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari kuni sifatida keng nishonlanadi. Mazkur bayram munosabati bilan O\u2018zbekiston kimyo va farmatsevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi korxona, tashkilot va ta\u2019lim muassasalarida xodimlarning bo\u2018sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o\u2018rtasida sog\u2018lom turmush tarzini targ\u2018ib qilish, jamoaviy hamjihatlik va do\u2018stona muhitni yanada mustahkamlashga qaratilgan qator madaniy-ma\u2019rifiy va [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[30,24],"tags":[],"class_list":["post-28648","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-kultura-i-sport","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28648","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28648"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28648\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28650,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28648\/revisions\/28650"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28648"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28648"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28648"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}