{"id":28668,"date":"2026-11-06T06:44:54","date_gmt":"2026-11-06T06:44:54","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=28668"},"modified":"2026-11-06T06:44:54","modified_gmt":"2026-11-06T06:44:54","slug":"fargonada-kasaba-uyushmalari-kuni-nishonlandi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/11\/06\/fargonada-kasaba-uyushmalari-kuni-nishonlandi\/","title":{"rendered":"Farg\u2018onada kasaba uyushmalari kuni nishonlandi"},"content":{"rendered":"<p><strong>06.11.2026.<\/strong> \u201c11 noyabr \u2014 O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari kuni\u201d munosabati bilan Farg\u2018ona shahridagi &#8220;Afrosiyob&#8221; tantanalar majmuasida bayram tadbiri tashkil etildi.<\/p>\n<p>Inson qadrini ulug\u2018lash, mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun munosib mehnat va ijtimoiy sharoitlar yaratish \u2014 kasaba uyushmalari faoliyatining bosh mezoni. Bugun mamlakatimizda ushbu ezgu maqsadlar yo\u2018lida olib borilayotgan tizimli ishlar, xodimlarning mehnat huquqlarini ta\u2019minlash, ularni har tomonlama qo\u2018llab-quvvatlash borasidagi sa\u2019y-harakatlar kasaba uyushmalarining jamiyat hayotidagi o\u2018rni va ahamiyatini yanada oshirmoqda.<\/p>\n<p>Tantanali tadbirda so\u2018zga chiqqanlar mamlakatimiz kasaba uyushmalari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, tashkilotning xalqaro miqyosdagi nufuzi va hamkorlik aloqalari tobora kengayib borayotganini ta\u2019kidladilar. Ayniqsa, kasaba uyushmalarining oddiy mehnatkashlar manfaatini himoya qiladigan, ularning dardu tashvishlariga yelkadosh bo\u2018ladigan xalqchil tashkilot sifatidagi mavqei mustahkamlanayotgani e\u2019tirof etildi.<\/p>\n<p>Bayram munosabati bilan yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga, aholi farovonligini yuksaltirishga, mehnatkashlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, kasaba uyushmalari harakati rivojiga munosib hissa qo\u2018shayotgan bir guruh soha xodimlari hamda mehnat faxriylari munosib taqdirlandi. Ularga O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg\u2018ona viloyati kengashining faxriy yorliqlari va esdalik sovg\u2018alari topshirildi.<\/p>\n<p>\u2014 Tinch yurtga faqat bayram yarashadi. Har yili ushbu sanani ko\u2018tarinki kayfiyatda nishonlaymiz. Ahamiyatlisi, bugun men uchun ikki karra bayram, \u2014 deydi Buvayda tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qo\u2018mitasi raisi Saidaxon Abdullayeva. \u2014 Sababi, \u201c11 noyabr \u2014 O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari kuni\u201d munosabati bilan o\u2018tkazilgan respublika tanlovida &#8220;Eng faol raisa&#8221; nominatsiyasi bo\u2018yicha birinchi o\u2018ringa munosib deb topildim. Buni kamtarona mehnatlarimga berilgan yuksak baho deb bilaman. Albatta, bu e\u2019tirof zimmamga yanada katta mas\u2019uliyat yuklaydi. Bundan buyon ham xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, kasaba uyushmalari nufuzini oshirish yo\u2018lida bor kuch-g\u2018ayratimni safarbar etaman.<\/p>\n<p>Bayramning yana bir quvonchli yangiligi \u2014 O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan o\u2018tkazilgan respublika tanlovida Farg\u2018ona viloyati kengashining &#8220;Eng namunali hududiy kengash&#8221; nominatsiyasi g\u2018olibi deb topilgani bo\u2018ldi. Bu e\u2019tirof viloyatda kasaba uyushmalari faoliyati samaradorligini oshirish, ishchi-xodimlar manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga berilgan munosib bahodir.<\/p>\n<p>Darhaqiqat, kasaba uyushmalarining faoliyati faqat xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish bilan cheklanmaydi. Ularning ijtimoiy qo\u2018llab-quvvatlanishi, salomatligini mustahkamlash ham muhim vazifalar sirasiga kiradi.<\/p>\n<p>Bu borada O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg\u2018ona viloyati kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar e\u2019tiborga molik.<\/p>\n<p>Xususan, joriy yilning o\u2018tgan davrida sud jarayonlarida xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish natijasida ularga yetkazilgan zararni qoplash, bekor yurgan kunlari uchun haq to\u2018lash, o\u2018z vaqtida berilmagan ish haqi va unga tenglashtirilgan to\u2018lovlarni undirish maqsadida jami 2 milliard 55 million so\u2018m mablag\u2018 ishchi-xodimlar foydasiga undirib berildi.<\/p>\n<p>Korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan 13 ming 501 nafar ishchi-xodim hamda ularning oila a\u2019zolari uchun mamlakatimizning diqqatga sazovor maskanlari, qadimiy shaharlari va muqaddas qadamjolariga sayohatlar tashkil etildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, joriy yilning o\u2018zida ijtimoiy sug\u2018urta mablag\u2018lari hisobidan 3 ming nafardan ziyod ishchi-xodim O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tasarrufidagi sihatgohlarda sog\u2018lomlashtirilib, salomatligini mustahkamlab qaytdi.<\/p>\n<p>Bayram tadbirida O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan biriktirilgan mas\u2019ul rahbarlar, Farg\u2018ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov, O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg\u2018ona viloyati kengashi raisi Erkinjon Nuraliyev, mutasaddilar, soha xodimlari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.<\/p>\n<p><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-large wp-image-28669\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/1-1-1024x683.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"683\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/1-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/1-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/1-1-768x512.jpg 768w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/1-1.jpg 1200w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-large wp-image-28670\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/2-1-1024x683.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"683\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/2-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/2-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/2-1-768x512.jpg 768w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/2-1.jpg 1200w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-large wp-image-28671\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/3-1-1024x683.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"683\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/3-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/3-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/3-1-768x512.jpg 768w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/3-1.jpg 1200w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-large wp-image-28672\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/4-1-1024x683.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"683\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/4-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/4-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/4-1-768x512.jpg 768w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/4-1.jpg 1200w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-large wp-image-28673\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/5-1-1024x683.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"683\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/5-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/5-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/5-1-768x512.jpg 768w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/5-1.jpg 1200w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/> <img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-large wp-image-28674\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/6-1-1024x683.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"683\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/6-1-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/6-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/6-1-768x512.jpg 768w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/6-1.jpg 1200w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>06.11.2026. \u201c11 noyabr \u2014 O\u2018zbekiston kasaba uyushmalari kuni\u201d munosabati bilan Farg\u2018ona shahridagi &#8220;Afrosiyob&#8221; tantanalar majmuasida bayram tadbiri tashkil etildi. Inson qadrini ulug\u2018lash, mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ular uchun munosib mehnat va ijtimoiy sharoitlar yaratish \u2014 kasaba uyushmalari faoliyatining bosh mezoni. Bugun mamlakatimizda ushbu ezgu maqsadlar yo\u2018lida olib borilayotgan tizimli ishlar, xodimlarning mehnat huquqlarini [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[30,24],"tags":[],"class_list":["post-28668","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-kultura-i-sport","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28668","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28668"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28668\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28675,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28668\/revisions\/28675"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28668"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28668"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28668"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}