{"id":28707,"date":"2026-11-11T18:20:31","date_gmt":"2026-11-11T18:20:31","guid":{"rendered":"https:\/\/kasaba.uz\/?p=28707"},"modified":"2026-11-11T18:21:57","modified_gmt":"2026-11-11T18:21:57","slug":"11-noyabr-ozbekiston-kasaba-uyushmalari-kuni-yangi-ozbekistonning-yangi-kasaba-uyushmalari-4","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/2026\/11\/11\/11-noyabr-ozbekiston-kasaba-uyushmalari-kuni-yangi-ozbekistonning-yangi-kasaba-uyushmalari-4\/","title":{"rendered":"Kasaba uyu\u015fmalari saroyida bayram"},"content":{"rendered":"<p><\/p>\n<p dir=\"ltr\"><strong>11.11.2026. <\/strong>\u00d6zbekiston kasaba uyu\u015fmalari saroyida 11 noyabr \u2013 \u00d6zbekiston kasaba uyu\u015fmalari kuniga ba\u011fi\u015flangan tantanali bayram tadbiri b\u00f6lib \u00f6tdi.<\/p>\n<p dir=\"ltr\">Unda \u00d6zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a\u02bczolari, Qonun\u00e7ilik palatasi deputatlari, \u00d6zbekiston kasaba uyu\u015fmalari Federatsiyasi, uning hududiy kenga\u015flari, tarmoq kasaba uyu\u015fmalari Respublika kenga\u015flari, tasarrufdagi ta\u015fkilotlar rahbarlari, hamkor vazirlik, idora va ta\u015fkilotlar, xalqaro ta\u015fkilotlar, Xalqaro kasaba uyu\u015fmalari birla\u015fmalari, 20 ga yaqin xorijiy davlat kasaba uyu\u015fmalari ta\u015fkilotlari rahbar va mutasaddilari, \u00d6zbekiston kasaba uyu\u015fmalari faxriylari va faollari hamda turli sohalarda faoliyat k\u00f6rsatayotgan mehnatka\u015flar i\u015ftirok etdilar.<\/p>\n<p dir=\"ltr\">Tadbir i\u015ftirok\u00e7ilari saroyda karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi.<\/p>\n<p dir=\"ltr\">Bayram tadbiri avvalida \u00d6zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijro etildi.<\/p>\n<p dir=\"ltr\">Tantanali tadbirda muhtaram Prezidentimiz ta\u015fabbuslari bilan inson qadrini ulu\u011fla\u015f va manfaatlarini ta\u02bcminla\u015f y\u00f6lida \u00f6tgan 10 yil davomida jamiyat hayotining bar\u00e7a jabhalarida birdek olib borilayotgan keng k\u00f6lamli va tizimli islohotlar hamda yangilani\u015flar mamlakat taraqqiyotining yangi bosqi\u00e7ini bo\u015flab bergani alohida ta\u02bckidlandi. Xususan, Yangi \u00d6zbekiston dunyoga yuz tutgani, ochiq va dinamik jamiyatga aylangani, \u00f6tgan qisqa vaqt i\u00e7ida xalqimiz turmu\u015f darajasi va farovonligini o\u015firi\u015f, xalqaro aloqalarni mustahkamla\u015f, \u00d6zbekiston nufuzini dunyo miqyosida yuqori po\u011fonaga k\u00f6tari\u015f borasida tizimli islohotlar amalga o\u015firilib, salmoqli natijalarga eri\u015filgani, u\u015fbu yutuqlar bugun jamiyatimiz hayoti va xalqimiz turmu\u015fidagi ijobiy \u00f6zgari\u015flarda namoyon b\u00f6layotgani, sirasini aytganda, Yangi \u00d6zbekiston fuqarolari yangi\u00e7a dunyoqara\u015f bilan yangi\u00e7a hayot ke\u00e7irayotganlari qayd etildi.<\/p>\n<p dir=\"ltr\">Haqiqatdan ham Prezidentimiz ta\u015fabbuslari bilan inson qadri u\u00e7un amalga o\u015firilayotgan ulkan va tizimli i\u015flar davlatimiz va jamiyatimizni taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqi\u00e7iga olib \u00e7iqdi. Yangi \u00d6zbekistonning bu boradagi yutuqlari va q\u00f6lga kiritayotgan natijalari bugun xalqaro miqyosda ham tan olinib, yuksak e\u02bctiroflarga sazovor b\u00f6lmoqda. Amalga o\u015firilayotgan \u00f6zgari\u015flar va yangilani\u015flar, aholining turli toifalari, ayniqsa, xotin-qizlar va yo\u015flarga k\u00f6rsatilayotgan e\u02bctibor, ularni har tomonlama q\u00f6llab-quvvatla\u015f borasida olib borilayotgan tizimli i\u015flar natijasida \u00d6zbekiston aholisining ijtimoiy-siyosiy faolligi va ta\u015fabbuskorligi ortib, yangi marralar sari ol\u011fa intilmoqda.<\/p>\n<p dir=\"ltr\">Tantanali tadbirda 2025 yilning 17 oktyabr kuni \u00d6zbekiston Respublikasi Prezidenti \u015eavkat Mirziyoyevning \u00d6zbekiston kasaba uyu\u015fmalari faollari va faxriylari bilan b\u00f6lib \u00f6tgan u\u00e7ra\u015fuvi tom ma\u02bcnoda katta tarixiy voqea b\u00f6lgani, mazkur u\u00e7ra\u015fuvda davlatimiz rahbari \u00abHe\u00e7 \u015fubhasiz, biz eri\u015fayotgan natijalarda 8 millionga yaqin a\u02bczoga ega, eng xalq\u00e7il va katta nodavlat ta\u015fkiloti b\u00f6lgan kasaba uyu\u015fmalarining munosib hissasi bor. Fursatdan foydalanib, har bir korxona va ta\u015fkilotga \u2013 i\u015f\u00e7anlik muhitini, mehnat jamoalariga \u2013 ra\u011fbat va adolat ruhini olib kirayotgan kasaba uyu\u015fmalari faollariga \u00e7in dildan minnatdorlik bildiraman\u00bb, deya alohida ta\u02bckidlaganlari 8 millionlik kasaba uyu\u015fma a\u02bczolarining qalbida yuksak tuy\u011fularni uy\u011fotgani, ularga yangi ku\u00e7 va ilhom ba\u011fi\u015flagani alohida e\u02bctirof etildi. Muhtaram Prezidentimiz b\u00f6lib \u00f6tgan tarixiy u\u00e7ra\u015fuvda \u00d6zbekiston kasaba uyu\u015fmalarining korxona va ta\u015fkilotlarda mehnatga oid huquqlarni himoya qili\u015fdagi jonbozligini alohida e\u02bctirof eti\u015f bilan birga bir qator salmoqli taklif va vazifalarni ham ilgari surdilar. Davlatimiz rahbari qayd etganlaridek, mamlakatimizda kasaba uyu\u015fmalarining erkin va mustaqil faoliyat yuriti\u015fi u\u00e7un bar\u00e7a \u015faroitlar yaratilgan. Bundan samarali foydalangan holda mamlakatimizda amalga o\u015firilayotgan islohotlarda yurtimizdagi eng yirik jamoat ta\u015fkiloti b\u00f6lgan kasaba uyu\u015fmalari ham faol i\u015ftirok etmoqdalar.<\/p>\n<p dir=\"ltr\">Tantanali tadbirda oxirgi 10 yilda Yangi \u00d6zbekistonning Yangi kasaba uyu\u015fmalari \u015fakllangani, \u00d6zbekiston Respublikasi Prezidenti ta\u015fabbuslari bilan amalga o\u015firilgan ulkan islohotlar mamlakat va xalqimiz hayotida keskin buril\u0131\u015f yasagani, bugun har birimiz bu xalq\u00e7il siyosat natijalarini \u00f6z hayotimizda, kundalik turmu\u015fimizda k\u00f6rib turganimiz, Yangi \u00d6zbekistonning Yangi kasaba uyu\u015fmalari ham xodimlar manfaatlarini hami\u015fa himoya qili\u015fga, ularni q\u00f6llab-quvvatla\u015fga tayyor ekanligi alohida ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p dir=\"ltr\">Tadbirda qayd etilganidek, dunyoda qadri va qudrati tobora yuksalib borayotgan Yangi \u00d6zbekistonda \u00abInson qadri u\u00e7un\u00bb \u011foyasini umummilliy harakatga aylantiri\u015f, mehnat jamoalarida i\u015f\u00e7i-xizmat\u00e7ilar huquqlarini himoya qili\u015fdek \u011foyat \u015farafli i\u015fga kasaba uyu\u015fmalari ham munosib hissa q\u00f6\u015fib kelmoqda. S\u00f6nggi yillarda \u00d6zbekistonda davlat, kasaba uyu\u015fmalari va i\u015f beruv\u00e7ilar \u00f6rtasidagi ijtimoiy \u015feriklik yangi bosqi\u00e7ga k\u00f6tarilib, mamlakatimiz kasaba uyu\u015fmalari faoliyati tobora rivojlanib bormoqda. Yangi \u00d6zbekistonning Yangi kasaba uyu\u015fmalari yurtimizdagi islohotlar, yangilan\u0131\u015f va \u00f6zgari\u015flardagi faolliklarini yanada o\u015firib, turli soha xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyala\u015f borasida tizimli i\u015flarni amalga o\u015firib kelmoqdalar.<\/p>\n<p dir=\"ltr\">Jumladan, bugun xalq ta\u015fkilotiga aylangan kasaba uyu\u015fmalari \u00d6zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Kasaba uyu\u015fmalari Federatsiyasi va I\u015f beruv\u00e7ilar Konfederatsiyasi \u00f6rtasida imzolangan Bo\u015f jamoa keli\u015fuvi, amaldagi tarmoq keli\u015fuvlari hamda jamoa \u015fartnomalari orqali mehnatka\u015flar va ular oila a\u02bczolarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoyala\u015f, i\u015f haqining \u00f6z vaqtida t\u00f6lani\u015fi, mehnatga haq t\u00f6la\u015fning eng kam miqdori standartlariga i\u015f beruv\u00e7ilar tomonidan rioya etili\u015fi b\u00f6yi\u00e7a jamoat\u00e7ilik nazoratini olib bori\u015f kabi i\u015flarni amalga o\u015firib kelmoqda. Kasaba uyu\u015fmalari inspektorlari tomonidan korxona va ta\u015fkilotlarda jamoat\u00e7ilik nazorati amalga o\u015firilib, aniqlangan kam\u00e7iliklar bartaraf etilmoqda.<\/p>\n<p dir=\"ltr\">Nodavlat sektoridagi xodimlarning ham jamoa \u015fartnomalaridagi imtiyoz va kafolatlardan foydalani\u015flarini ta\u02bcminla\u015f maqsadida ularni kasaba uyu\u015fmalariga jalb eti\u015f borasida amalga o\u015firilgan sa\u02bcy-harakatlar natijasida kasaba uyu\u015fma a\u02bczolari soni 8 million nafardan ortdi. Davlat dasturlarini amalga o\u015firi\u015fda kasaba uyu\u015fmalarining faol i\u015ftirokini ta\u02bcminla\u015f, aholi turli qatlamlarini ijtimoiy himoya qili\u015f sohasidagi i\u015flarni yanada ku\u00e7aytiri\u015f \u00e7oralari k\u00f6rildi.<\/p>\n<p dir=\"ltr\">Kasaba uyu\u015fmalarining xodimlar va ularning oila a\u02bczolarini so\u011flomla\u015ftiri\u015f y\u00f6nali\u015fidagi i\u015flari ham sifat va miqdor jihatidan yangi bosqi\u00e7ga k\u00f6tarildi. Xususan, \u00f6tgan 10 yil i\u00e7ida sanatoriylar soni 16 tadan 32 taga, ulardagi \u00f6rinlar soni 4 ming 200 tadan 8 mingtaga k\u00f6paydi. 10 dan ortiq sanatoriy rekonstruksiya qilindi. Natijada yiliga q\u00f6\u015fim\u00e7a ravi\u015fda 60 mingdan ortiq aholini so\u011flomla\u015ftiri\u015f imkoni yaratildi.<\/p>\n<p dir=\"ltr\">Muhtaram Prezidentimizning kasaba uyu\u015fmalari faollari bilan tarixiy u\u00e7ra\u015fuvi b\u00f6lib \u00f6tgani, u\u00e7ra\u015fuvda Yurtbo\u015fimiz tomonidan xalqning turmu\u015f darajasini va huquqiy himoyasini yax\u015fila\u015f hamda sohani yanada xalq\u00e7il qili\u015f y\u00f6lida bildirilgan ta\u015fabbuslar kasaba uyu\u015fmalariga, mehnat ahliga b\u00f6lgan doimiy e\u02bctibor sifatida qayd etildi. \u015euningdek, kasaba uyu\u015fmalari hami\u015fa mehnatka\u015flar himoya\u00e7isi sifatida hayotimizda ijtimoiy adolat yanada mustahkam qaror topi\u015figa \u00f6z hissasini q\u00f6\u015fi\u015fda davom eti\u015fi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p dir=\"ltr\">Tantanali bayram tadbirida 20 ga yaqin xorijiy davlatlardan ta\u015frif buyurgan mehmonlar, \u015fu jumladan, Armaniston, Belarus, Bolgariya, Bosniya va Gertsegovina, Gruziya, Moldova, Ozarbayjon, Rossiya, Serbiya, Tojikiston, Turkiya, Qozo\u011fiston, Qir\u011fiz Respublikasi, \u015eimoliy Kipr Turk Respublikasi, \u015eimoliy Makedoniya, Eron Islom Respublikasidan ta\u015frif buyurgan kasaba uyu\u015fma mutasaddilari ham i\u015ftirok etdilar. Bayramona konsert dasturi \u00abUru\u015f va tin\u00e7lik\u00bb mavzusiga ba\u011fi\u015flandi. Sahna \u00e7iqi\u015flarida dunyoning qator bur\u00e7aklari notin\u00e7lik va uru\u015f \u00f6\u00e7o\u011figa aylangan bir paytda, Yangi \u00d6zbekistonda muhtaram Prezidentimizning odilona va oqilona siyosati natijasida xalqimiz tin\u00e7 va osoyi\u015fta hayot ke\u00e7irayotgani, iqtisodiyotning bar\u00e7a tarmoqlarida k\u00f6plab yutuqlar q\u00f6lga kiritilayotgani, odamlarning turmu\u015f farovonligi o\u015fib, hayotdan roziligi ta\u02bcminlanayotgani hayotiy misollar yordamida o\u00e7ib berildi. \u015euningdek, yi\u011filganlar e\u02bctiboriga Yangi \u00d6zbekistonning har bir hududiga mos b\u00f6lgan san\u02bcat asarlaridan iborat \u00e7iqi\u015flar namoyi\u015f etildi.<\/p>\n<p dir=\"ltr\" style=\"text-align: right;\"><strong>Muhabbat \u00d6rmonbekova<\/strong><\/p>\n<p dir=\"ltr\" style=\"text-align: right;\"><strong>\u00d6zbekiston kasaba uyu\u015fmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati rahbari<\/strong><\/p>\n<p dir=\"ltr\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-large wp-image-28709\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/18-1024x683.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"683\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/18-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/18-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/18-768x512.jpg 768w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/18.jpg 1200w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/p>\n<p dir=\"ltr\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-large wp-image-28708\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/17-1024x683.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"683\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/17-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/17-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/17-768x512.jpg 768w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/17.jpg 1200w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/p>\n<p dir=\"ltr\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-large wp-image-28711\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/20-1024x683.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"683\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/20-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/20-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/20-768x512.jpg 768w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/20.jpg 1200w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-large wp-image-28710\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/19-1024x683.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"683\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/19-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/19-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/19-768x512.jpg 768w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/19.jpg 1200w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/> \u00a0<img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"alignnone size-large wp-image-28712\" src=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/21-1024x683.jpg\" alt=\"\" width=\"1024\" height=\"683\" srcset=\"https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/21-1024x683.jpg 1024w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/21-300x200.jpg 300w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/21-768x512.jpg 768w, https:\/\/kasaba.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/11\/21.jpg 1200w\" sizes=\"auto, (max-width: 1024px) 100vw, 1024px\" \/><\/p>\n<p><\/p>","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>11.11.2026. \u00d6zbekiston kasaba uyu\u015fmalari saroyida 11 noyabr \u2013 \u00d6zbekiston kasaba uyu\u015fmalari kuniga ba\u011fi\u015flangan tantanali bayram tadbiri b\u00f6lib \u00f6tdi. Unda \u00d6zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a\u02bczolari, Qonun\u00e7ilik palatasi deputatlari, \u00d6zbekiston kasaba uyu\u015fmalari Federatsiyasi, uning hududiy kenga\u015flari, tarmoq kasaba uyu\u015fmalari Respublika kenga\u015flari, tasarrufdagi ta\u015fkilotlar rahbarlari, hamkor vazirlik, idora va ta\u015fkilotlar, xalqaro ta\u015fkilotlar, Xalqaro kasaba uyu\u015fmalari birla\u015fmalari, 20 [&hellip;]<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":0,"comment_status":"closed","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[30,24],"tags":[],"class_list":["post-28707","post","type-post","status-publish","format-standard","hentry","category-kultura-i-sport","category-novosti-v-slajdere"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28707","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28707"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28707\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28714,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28707\/revisions\/28714"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28707"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28707"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/kasaba.uz\/oz\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28707"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}