[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

11.02.2025. Bugun “To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr stansiyasi”da boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda stansiya tarkibiy bo‘linmalaridan saylangan 57 nafar delegat ishtirok etdi.

Shuningdek, konferensiyada O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari O. Ismailov va “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A. Rustamov ishtirok etdi.

Konferensiya kun tartibiga ko‘ra, qo‘mitaning 5 yillik faoliyati bo‘yicha qo‘mita raisi va taftish komissiyasining hisobotlari tinglandi hamda muhokama qilindi.

Shuningdek, kasaba uyushmasi qo‘mitasining raisi va tarkibi, taftish komissiyasi tarkibi va raisi, shuningdek, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Birlashgan kasaba uyushmasi tashkilotining konferensiyasiga delegatlar saylandi.

Delegatlar tomonidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan To‘raqo‘rg‘on IES kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi etib Suyumov Abduqaxxor Abdurasul o‘g‘li saylandi.