18.03.2025. Namangan viloyati Ichki ishlar xodimlari birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasida 2023-2025-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2024-yildagi ijrosi yuzasidan mehnat jamoasi yig‘ilishi va hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiyada Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining 2020-yil fevraldan 2025-yil fevralgacha bo‘lgan davrda bajarilgan ishlari yuzasidan hisoboti va taftish komissiyasining hisoboti tinglandi. Muzokaralarda kasaba uyushmasi qo‘mitasining ish faoliyati qoniqarli deb baholandi.
Konferensiya ishida Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik F.U. Rahmatov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Namangan viloyat kengashi bo‘lim boshlig‘i N. Nastinov, O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Namangan viloyati kengashi raisi Z. Jo‘raev, saylangan 54 nafar delegat ishtirok etdi.
Yopiq ovoz berish yo‘li bilan al’ternativ usulda o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, Shakirov Nazirjon Latipovich 5 yil muddatga kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisligiga saylandi.
Yig‘ilish so‘ngida O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Namangan viloyati kengashi raisi Z. Jo‘raev kasaba uyushmasi oldida turgan vazifalar va tashkilotning shonli 120 yillik sanasini nishonlash rejalari haqida axborot berib, kasaba uyushmasi a’zolarini bayram tadbirlarida faol bo‘lishga chaqirdi.