[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

05.05.2025. Joriy yilning 2 may kuni O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Qorako‘l tuman tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi tashkil etildi.

Konferensiyada O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Buxoro viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari Hamidjon Saidovich Beshimov hamda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro viloyat Kengashi raisi Baxtiyor Islomovich Baxromov ishtirok etdilar.

Tadbirda Qorako‘l tuman kasaba uyushmasi tashkilotining 2020 yil mart oyidan 2025 yil aprel oyigacha bo‘lgan davrdagi faoliyati yakunlari, shuningdek, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Konferensiya davomida tuman kengashining yangi tarkibi va a’zolari saylandi.

Shu bilan birga, tizimda samarali mehnat faoliyati olib borayotgan xodimlar taqdirlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.