[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

30.05.2025. 30 iyun’ — Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida yoshlarga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Kuni kecha Navoiy shahridagi San’at galereyasida 18–30 yoshli yoshlar o‘rtasida “Orzular dunyosi” nomli ijodiy tanlov bo‘lib o‘tdi.

Tanlov O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining Navoiy viloyat kengashi, Nogironlar jamiyati, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi, Madaniyat boshqarmasi va San’at galereyasi hamkorligida tashkil etildi.

Tanlovning tuman bosqichlarida 70 nafar yosh ishtirok etdi, finalda esa 21 nafar g‘olib viloyat bosqichida o‘z ijodiy ishlarini taqdim qildi.

G‘oliblar 1-, 2- va 3-darajali diplomlar bilan, ishtirokchilar esa faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyat kengashi raisi Nazira Tog‘aeva ishtirok etib, barcha yoshlarga samimiy tilaklarini bildirdi va tadbir yakunida ishtirokchilarga viloyat kengashi nomidan esdalik sovg‘alarini topshirdi.