21.08.2025. Buxoro viloyatida boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitalari raislari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarning asosiy maqsadi yangi saylangan raislarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat bo‘lib, ularga Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, kasaba uyushmalarining tashkiliy va amaliy faoliyati, mehnat va mehnat muhofazasi sohasidagi qonunchilik asoslari, jamoa shartnomalarini tuzish tartibi va ularning mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Shuningdek, seminar doirasida madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarini tashkil etish, jismoniy hamda yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish tartiblari, kasaba uyushmalari faoliyatida axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan samarali foydalanish masalalari ham muhokama qilindi.