[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

26.08.2025. Kuni kecha Nurafshon shahar Vatanparvar bog‘ida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati bo‘limi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligiga bag‘ishlangan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda turli tarmoq kasaba uyushmalari a’zolari, nuroniylar, madaniyat xodimlari, taniqli aktyorlar hamda estrada yulduzlari ishtirok etdi.

Bayramona tadbirning ochilish qismida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S. Fayzieva, “Nuroniy” jamg‘armasi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari A. Nosirov, O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi Toshkent viloyati bo‘limi rahbari R. Sheraliev so‘zga chiqib, mamlakatimizda va xususan Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari, istiqlolimizni chin ma’nodagi oliy ne’mat sifatida ta’kidlab o‘tdilar hamda yaqinlashib kelayotgan bayram munosabati bilan tadbir ishtirokchilarini qutladilar.

Tadbir davomida mustaqilligimiz va kasaba uyushmalariga oid videoroliklar namoyish etildi, shuningdek, san’atkorlar ijrosidagi diltortar musiqalar ishtirokchilarga ko‘tarinki ruh baxsh etdi.