[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

04.11.2025. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “11-noyabr’ – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston kasaba uyushmalari — 120 yil xalq bilan” shiori ostida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbirlar doirasida TDIU professor-o‘qituvchilari va xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan an’anaviy voleybol musobaqalari o‘z yakuniga yetdi. Musobaqalarda universitetning barcha fakul’tetlaridan jami 20 ta jamoa ishtirok etib, ayollar va erkaklar yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun kuch sinashdi. Bellashuvlar guruh bosqichidan boshlanib, eng kuchli jamoalar yarim final va final bosqichlarida o‘zaro raqobatlashdi.

Musobaqaning final bosqichi keskin va qizg‘in bahslarga boy bo‘lib, yakuniy natijalar quyidagicha bo‘ldi:

Ayol professor-o‘qituvchi va xodimlar o‘rtasida:
1-o‘rin — Raqamli iqtisodiyot fakul’teti
2-o‘rin — Soliq va byudjet hisobi fakul’teti
3-o‘rin — Turizm fakul’teti
4-o‘rin — Iqtisodiyot fakul’teti

Erkak professor-o‘qituvchi va xodimlar o‘rtasida:
1-o‘rin — Menejment fakul’teti
2-o‘rin — Bank ishi fakul’teti
3-o‘rin — Iqtisodiyot fakul’teti
4-o‘rin — Raqamli iqtisodiyot fakul’teti

Shuningdek, turli nominasiyalar bo‘yicha g‘olib deb topilgan ishtirokchilar ham taqdirlandilar.

Quvonarli jihati shundaki, g‘olib jamoalarni taqdirlash marosimida Estoniyalik mashhur dzyudochi Indrek Pertelson ham ishtirok etdi. U o‘z sport faoliyati davomida ikki karra Olimpiada o‘yinlari sovrindori (2 ta bronza), ikki karra jahon chempionati sovrindori (2 ta kumush) va Yevropa chempioni bo‘lgan. Mehmon sportchi universitet vakillari va musobaqa ishtirokchilari bilan samimiy suhbat qildi va kelgusidagi faoliyatga muvaffaqiyat tiladi.

Eslatib o‘tamiz, “11-noyabr’ – O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” hamda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar noyabr’ oyining birinchi o‘n kunligida davom etadi.