[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

06.11.2025. Shu munosabat bilan Ahmad Farg‘oniy nomidagi Viloyat axborot-kutubxona markazida o‘tgan tadbirda O‘zbekiston davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Abdug‘affor Salihov, viloyat hokimining o‘rinbosari Alibek Tursunov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining viloyat kengashi raisi Erkinjon Nuraliev, mutasaddilar, soha xodimlari va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yig‘ilganlarni kasb bayrami bilan tabriklab, ularga kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladilar.

Shundan so‘ng kasaba uyushmasi a’zosi bo‘lgan, sohaning tarixini yaxshi bilgan va uni keng ommaga targ‘ib qilib kelayotgan, mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishib kelayotgan ishchi-xodimlar, mazkur yo‘nalishga katta hissa qo‘shib, uning nufuzini oshirish hamda xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilishda faol ishtirok etayotgan farg‘onalik 94 nafar kasaba uyushma faollariga esdalik ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.