[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

20.04.2026. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-96-sonli qarori, O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining ish rejasi hamda “Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tarmoq tizimidagi korxonalardagi kasaba uyushmalari tashkilotlari a’zolari o‘rtasida Respublika kengashi kubogi uchun “Zakovat” intellektual o‘yinining Respublika bosqichi o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Alimdjanova Nigora Adxamovna, boshlang‘ich kasaba uyushmalari qo‘mitalari raislari va korxonalar jamoalari ishtirok etdi.

“Zakovat” intellektual o‘yinini tarmoq tizimidagi korxonalar jamoalari o‘rtasida o‘tkazishdan asosiy ko‘zlangan maqsad — xodimlarning intellektual salohiyatini oshirish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish, ishtirokchilarning bilim va tajribasini munosib rag‘batlantirish, mehnat jamoalari o‘rtasida o‘zaro do‘stona aloqalar va sog‘lom raqobat muhitini yaratish, shuningdek, bilimli, keng dunyoqarashga ega va intellektual jihatdan yetuk kadrlarni aniqlash hamda ularni munosib taqdirlashdan iborat.

Ushbu tadbir aynan tarmoq tizimidagi xodimlar uchun tashkil etilgani bejiz emas. Kimyo va farmasevtika sanoati — bu yuksak aniqlik, tinimsiz izlanish va kuchli mantiqiy tahlil talab etadigan murakkab sohalardan biri. Laboratoriyalardagi har bir tajribadan tortib, ishlab chiqarish konveyerlarigacha bo‘lgan jarayonlarda xodimlarning bilimi va sergakligi hal qiluvchi ahamiyatga ega.

“Zakovat” intellektual o‘yinining Respublika bosqichida jami 7 ta jamoa o‘zaro bellashdi. Hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra, 1-o‘rinni “Navoiyazot” AJ jamoasi egallab, Kasaba uyushmasi Respublika kengashining diplomi, 10 mln so‘m pul mukofoti va maxsus kubok bilan taqdirlandi.

2-o‘rinni “Birinchi rezinotexnika zavodi” MChJ XK jamoasi egallab, diplom va 8 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

3-o‘rinni “Qizilqum fosforit kompleksi” AJ jamoasi egallab, diplom va 6 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuningdek, o‘yinda faol ishtirok etgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Intellektual o‘yinlarning eng katta yutug‘i — bu nafaqat g‘oliblik, balki jamoaviy ruhni rivojlantirish va o‘zaro tajriba almashishga imkoniyat yaratishdir.

Shavkat Toirov

Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi