[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

15.07.2026. Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashida “Ekologik faol kasaba uyushmasi jamoasi” Respublika tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi raisi Nazira Tog‘aeva so‘zga chiqib, mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, u kasaba uyushmalari tizimida ekologik tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, mehnat jamoalarida tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Qayd etilganidek, tanlov mehnat jamoalarida ekologik madaniyatni yanada yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan tashabbuslarni rag‘batlantirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etayotgan kasaba uyushmasi jamoalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.

Viloyat bosqichida ishtirok etish uchun jami 93 ta tashkilotdan hujjatlar taqdim etildi. Nizom talablariga muvofiq, barcha hujjatlar viloyat komissiyasi tomonidan atroflicha o‘rganilib, belgilangan baholash mezonlari asosida g‘oliblar aniqlandi.

Taqdirlash marosimida tanlovda yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan mehnat jamoalari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Ular ekologik yo‘nalishda amalga oshirgan samarali ishlari, “Yashil makon” umummilliy loyihasidagi faol ishtiroki hamda ish joylarida ekologik madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan tashabbuslari uchun munosib e’tirof etildi.

Tadbir yakunida g‘oliblarning Respublika bosqichida ham munosib ishtirok etib, Navoiy viloyati sharafini munosib himoya qilishlariga ishonch bildirildi. Shuningdek, barcha ishtirokchilarga kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolindi.