[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

06.02.2025. “O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi “Andijon neftbazasi” MChJ boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada dastlab, kasaba uyushmasi qo’mitasining 2020-yil fevraldan 2025-yil fevralgacha bo‘lgan davr mobaynidagi faoliyati bo‘yicha hisoboti hamda taftish komissiyasining hisoboti tinglandi.
Qo’mita faoliyati qoniqarli deb topilib, taftish komissiyasi hisoboti tasdiqlandi.

Ayniqsa qo’mitaning 5 yillik faoliyati bo’yicha tayyorlangan videorolik namoyishi delegatlar kayfiyatiga ko’taringi rux baxsh etdi.

Muqobillik va yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkazilgan saylovda qo’mita raisi etib Sh.Mamajonov qayta saylandi.

Konferensiyada qo’mita tarkibi va taftish komissiyasi hamda yuqori kasaba uyushmasi tashkiloti konferensiyasiga delegatlar saylandi, shuningdek, kasaba uyushmasi tashkiloti faoliyatini yanada kuchaytirish bo’yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.