21.02.2025. Kuni kecha Energetika, neft’-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi tizimidagi Gazli magistral’ gaz quvurlari boshqarmasi kasaba uyushma qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlash joizki, mazkur korxonada bugungi kunda 1001 nafar ishchi-xodim mehnat qilib kelmoqda. Konferensiyada belgilangan me’yorga muvofiq saylangan 50 nafar delegatning barchasi ishtirok etdi.
Dastlab, yig‘ilganlarga kasaba uyushma qo‘mitasining 2020 yil fevraldan 2025 yil fevralgacha bo‘lgan davrdagi faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Shundan so‘ng muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya delegatlari kasaba uyushma qo‘mitasining o‘tgan hisobot davridagi faoliyatini qoniqarli deb topib, boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti taftish komissiyasining hisobotini tasdiqladilar.
Muqobillik asosida o‘tkazilgan saylovda boshqarma kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi etib ko‘pchilik ovoz olgan O‘ktam Sultonov qayta saylandi.
Konferensiyada shuningdek, kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibi, taftish komissiyasi va uning raisi hamda “O‘ztransgaz“ AJ birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar saylandi.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati