17.03.2025. Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining VII Majlisi bo‘lib o‘tdi.
Majlisda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining o‘rinbosari Mahmadaliev Baxtiyor Xasanovich va tashkiliy ishlar bo‘limi mudiri Isroilov Kamoliddin Ergashovich ishtirok etdi.
Majlisni Respublika kengashi raisi Alimdjanova Nigora Adxamovna olib bordi.
Majlisda Baxtiyor Mahmadaliev so‘zga chiqib, bugungi kunda O‘zbekiston kasaba uyushmalari tomonidan xodimlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash va huquqiy himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida alohida to‘xaldi. Jumladan, so‘nggi yillarda olib borilgan amaliy ishlar xalqaro darajada ham munosib baholanayotganini va o‘z natijasini berganini, xususan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xalqaro kasaba uyushmalari Konfederatsiyasiga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilinganini qayd etdi. Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan tashkil etilayotgan tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berib, bunda barcha kasaba uyushmasi xodimlari hamda faollarini qamrab olishga harakat qilinayotganini ta’kitladi.
Majlis kun tartibiga ko‘ra, tarmoq kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosarini saylash masalasi ko‘rib chiqildi va Respublika kengashi raisi o‘rinbosarligiga Isoqov Ibrohim Doniyor o‘g‘li saylandi.
Kun tartibidagi barcha masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Shavkat Toirov
Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi