[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

08.04.2025. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi kasaba uyushmasi qo‘mitasi korxonada uzoq yillar mehnat qilib, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan soha xodimlari uchun qadrdon jamoalarida ajoyib uchrashuv tashkil etdi.  Mazkur uchrashuv doirasida faxriy neftchilar zavoddagi modernizasiya jarayonlari va o‘zgarishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Zavodning bugungi yutuqlari va bu yerdagi keng ko‘lamli modernizasiya jarayonlari to‘g‘risida mehmonlarga Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi Rashidjon Saydaliev batafsil ma’lumot berdi.

– Bu kabi uchrashuvlar nafaqat korxona mehnat faxriylari uchun, balki, zavodda mehnat qilayotgan yosh mutaxassislar uchun ham foydalidir, – dedi R.Saydaliev. – Chunki, keksa avlod vakillarining boy hayotiy va ish faoliyati bilan bog‘liq tajribalari yoshlar uchun juda zarur. Faxriylarimiz zavod tarixining jonli guvohlari. Ularni e’zozlash, hurmat ko‘rsatish bizning burchimizdir.

– Ushbu zavod mening ikkinchi uyimga aylangan, – dedi mazkur korxonada 44 yil mehnat qilgan faxriy neftchi Artur Geraskin o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashar ekan. – Shu yerda ishladim, do‘stlar orttirdim, hayotimning eng yaxshi yillarini o‘tkazdim. Bugungi o‘zgarishlarni ko‘rib, ko‘nglimda cheksiz faxr va minnatdorlik tuyg‘usi paydo bo‘ldi. Mazkur uchrashuv tashkilotchilariga katta rahmat.

Zavod oshxonasida faxriylar uchun tashkil etilgan bir piyola choy ustidagi suhbat ham nihoyatda qiziqarli bo‘ldi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati