25.07.2025. Bugun, energetika tizimida muhim qadamlardan biri sifatida, “Gender tenglikka erishish strategiyasi”ning rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Ushbu Strategiya O‘zbekiston energetika, neft’-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi, Energetika vazirligi hamda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) hamkorligida ishlab chiqilgan. Uning asosiy maqsadi – energetika sohasida ayollar uchun teng imkoniyatlar yaratish, rahbarlik lavozimlarida ularning ishtirokini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va gender stereotiplarini bartaraf etishga qaratilgan.
Taqdimotda energetika tizimiga kiruvchi barcha tashkilotlardan gender masalalari bo‘yicha mas’ul xodimlar ishtirok etdi.