26.02.2025. Joriy yilning 25 fevral kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi majlislar zalida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ayollar Kengashi raisi, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o‘rinbosari G. Tuxtaeva, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Navoiy viloyati Kengashi raisi N. Tog‘aeva, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Navoiy viloyati Kengashi raisi F. Raximova hamda Karmana tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i B. Razikovlar ishtirokida boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiya ishida tuman tibbiyot birlashmasi sex va guruh tashkilotlaridan saylangan 47 nafar delegatdan 45 tasi ishtirok etdi.
Konferensiya kun tartibiga ko‘ra, tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi G‘. Sodiqovning 2020-yildan 2025-yilga qadar olib borgan faoliyati yakunlari to‘g‘risida, shuningdek, kasaba uyushmasi faoliyati yuzasidan taftish komissiyasining hisobotlari tinglandi va muhokama qilindi. Muhokamalardan so‘ng, delegatlar tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasiga oid hisobot tasdiqlandi va uning faoliyatiga qoniqarli baho berildi.
Tadbir davomida kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi saylovi muqobillik asosida yashirin tarzda o‘tkazildi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Karmana tuman tibbiyot birlashmasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi G‘. Sodiqov kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisligiga qayta saylandi. Filialning yangi kasaba uyushma qo‘mitasining kelgusidagi faoliyati yo‘nalishlari belgilab olindi.