[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

04.03.2025. “O‘zbekgidro” Aksiyadorlik jamiyati tizimidagi “Shahrixon GESlar kaskadi” Unitar korxonasi boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotining xisobot saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiya yigilishida kasaba uyushmasi qo‘mitasining o‘tgan 5 yillik davrdagi faoliyati, xususan, soha xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari va mehnat sohasidagi huquqlarini himoyalash borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi. Shuningdek, taftish komissiyasi xisoboti eshitildi.

Konferensiyaga saylangan delegatlar tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot davridagi faoliyati konikarli deb topildi. Shundan so‘ng taftish komissiyasi hisoboti tasdiqlandi.

Ochiq ovoz berish yuli bilan bo‘lib o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisligiga Ravshanbek Mo‘minov qayta saylandi.

Konferensiya davomida kasaba uyushmasi kumitasi azolari, taftish komissiyasi tarkibi va raisi ham saylab olindi.

Yakunda ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklikni yanada mustahkamlash, bu orqali mehnatkashlar manfaatlari himoyasini yanada kuchaytirish borasidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Matbuot xizmati