[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]

Sayt sinov tariqasida ishga tushirilgan

06.05.2025. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushmasi tashabbusi bilan, kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi hamda «O‘zbekistonda har oyning bitta shanba va yakshanbasi — oila va mehnat jamoasi bilan sayohatga chiqish kuni» shiori ostida yurtimiz bo‘ylab qator ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etilmoqda.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining G‘.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti rahbariyati hamda boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan institut xodimlari o‘rtasida “Sport — sog‘liq garovi!” shiori ostida katta sport-sog‘lomlashtirish tadbiri uyushtirildi.

Tadbir Parkent tumanida joylashgan, institut tasarrufidagi Yangibozor magnitometrik stansiyasi hududida, tabiat bag‘rida o‘tkazildi. Maqsad — jamoada sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ishchi-xodimlarning jismoniy faolligini oshirish, jamoada o‘zaro do‘stlik va ahillikni mustahkamlashdan iborat edi.

Tadbir doirasida bir qator sport musobaqalari va ommaviy o‘yinlar tashkil etildi. Barcha ishtirokchilar faollik bilan qatnashishdi. G‘oliblar va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Tadbir yakunlangach, institut rahbariyati tomonidan barcha ishtirokchilar uchun dasturxon yozildi. Yaqin hamkorlik va samimiy muhitda o‘tgan mazkur tadbir xodimlar uchun nafaqat sog‘lomlashtiruvchi, balki birlashtiruvchi va ruhlantiruvchi ma’naviy foydali hayot saboqlaridan biri bo‘ldi.

Sh. Jo‘raev

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi