03.06.2025. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro viloyat kengashining hisobot-saylov konferensiyasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Konferensiyada viloyat sog‘liqni saqlash muassasalarida faoliyat yuritayotgan kasaba uyushma faollari, tibbiyot xodimlari, shuningdek, mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Tadbir davomida 2021–2025 yillar mobaynida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, erishilgan yutuqlar va mavjud muammolar muhokama qilindi.
Shuningdek, yangi tarkibdagi viloyat kengashi a’zolari saylandi va kasaba uyushmasining kelgusi istiqboldagi ustuvor vazifalari belgilab olindi.
Ushbu konferensiya — nafaqat hisobot taqdimoti, balki kasaba uyushmasining kelgusi faoliyati yo‘nalishlarini belgilab beruvchi muhim platforma bo‘ldi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский