[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

12.06.2025. 2025 yil 10 iyun’ kuni Surxondaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari binosida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyat kengashining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi Xanapiyaev Farxodjon Raxmanovich, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyati Kengashi raisi Axmedov Abdukarim Abduraxmonovich, Federatsiya vakili Qodirov Shavkat Jumaboevich, Surxondaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Abdivohidov Komil Murtazaevich, shuningdek taklif etilgan mehmonlar va delegatlar ishtirok etdi.

Konferensiyada Kengashning 2021 yil aprel’ oyidan 2025 yil iyun’ oyigacha bo‘lgan faoliyati “qoniqarli” deb topildi, shuningdek taftish komissiyasi hisoboti tasdiqlandi.

Hisobot-saylov konferensiyalarini o‘tkazish tartibiga muvofiq, ishlab chiqarishdan ozod etilgan kasaba uyushmasi hududiy kengashi raisi va uning o‘rinbosari muqobillik asosida, yashirin ovoz berish orqali saylanadi. Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati Kengashi raisi lavozimiga 5 (besh) yillik muddatga Kadirova Muyassar Jumaevna qayta saylandi.

Shuningdek, viloyat taftish komissiyasi tarkibi va komissiya raisi ham saylandi.

Kun tartibidagi barcha masalalar ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.

Konferensiya ishi yakunlanganidan so‘ng, Sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Surxondaryo viloyati Kengashining tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Rayosat a’zolari tasdiqlandi va jamoatchilik asosida Kengash raisi o‘rinbosari saylandi.

Shu bilan birga, keyingi 5 yillikda Kengashning muhim ustuvor vazifalari belgilandi.