[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

10.10.2025. Qashqadaryo viloyatida “Munosib mehnat xaftaligi” doirasida “Munosib mehnat – munosib hayot asosidir!” mavzuidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat kengashi, boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari rahbarlari va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qashqadaryo viloyat Kengashi raisi B.Jo‘raev munosib mehnatning ahamiyati, ijtimoiy adolat va huquqiy himoya masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Shuningdek, viloyat Kengashining Mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘limi mudiri O.Hazratqulov, shuningdek, Tashkiliy ishlar,  Madaniy  ma’rifiy  va  sport  ishlari bo‘limi mudirlari, Mehnat muhofazasi bo‘yicha yetakchi mutaxassis va Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassislar viloyat Kengashining faoliyati, xisobot-saylovlar natijalari, tashkiliy faoliyat, mehnatkashlarning huquqiy himoyasini ta’minlash, mehnat sohasida ijtimoiy sheriklik va mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishda kasaba uyushmalarining vazifalari, mehnat xavfsizligi va gigienasi, murojaatlar bilan ishlash va ularning tahlili kabi mavzularda ma’ruzalar qildilar.

Dvavra suhbati davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan to‘liq javoblar berildi.