10.10.2025. O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg o‘quv-metodik markazi bilan hamkorlik doirasida Samarqand shahriga delegasiya tashrifi tashkil etildi.
Tashrif davomida delegasiya a’zolari Samarqanddagi “SamAvto” MChJ QK korxonasining ishlab chiqarish jarayonlari, mehnat sharoiti va kasaba uyushmasi tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, “SamAvto” MChJ QK kasaba uyushmasi a’zolari hamda delegasiya tarkibidagi Rossiyaning PAO “KAMAZ” kompaniyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamda Rossiya delegasiyasi vakillarining ma’ruzalari tinglandi, tajriba almashinuvi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xodimlarning mehnat muhofazasi va sog‘ligini ta’minlash masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda ularni mamlakatimiz korxonalarida joriy etishdan iboratdir.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский