12.10.2025. 7 oktyabr’ — Butunjahon munosib mehnat kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Munosib mehnat xaftaligi” doirasida Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi va tarmoq tizimidagi boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan davra suhbatlari va seminarlar o‘tkazildi. Xususan, Kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan “Munosib mehnat – munosib hayot asosidir!” shiori ostida o‘tkazilgan seminarda Respublika kengashi mas’ul xodimlari, boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari raislari va faollari ishtirok etdi.
Tadbirda korxona va tashkilotlarda xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlarini yaratish, munosib mehnatning ahamiyati, ijtimoiy adolat va huquqiy himoya masalalari ish beruvchilar va kasaba uyushmalari oldida turgan muhim vazifalardan biri ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, mazkur masalalar hozirgi kunda ish beruvchilar bilan muzokaralar olib borish va jamoa shartnomalariga tegishli bandlarni kiritish orqali hal etilayotgani qayd etildi.
Seminar davomida boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari raislari so‘zga chiqib, o‘z korxonalarida jamoa shartnomalari orqali amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib o‘tdilar va o‘zaro fikr almashdilar.
Tarmoq tizimidagi “Biokimyo”, “Farg‘onaazot”, “Ammofos-Maxam”, “Dehqonobod kaliy zavodi”, “Maxam-Chirchiq” AJlari, “Qo‘ng‘irot soda zavodi” MChJ XKsida va boshqa korxona hamda tashkilotlarda ham Butunjahon munosib mehnat kuni munosabati bilan tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan, “Andijon biokimyo zavodi” AJda o‘tkazilgan Davra suhbatida jamiyat boshqaruvi raisi, Texnika universiteti Andijon filial o‘qituvchilari, Viloyat bandlik boshqarmasi mutaxassislari va viloyat IIB migratsiya bo‘limi xodimlari ishtirok etdi.
Tarmoq tizimidagi “Dehqonobod kaliy zavodi” AJda va uning bo‘lim hamda sexlarida o‘tkazilgan seminarlar doirasida mehnat huquqlari, xalqaro standartlar, mehnat xavfsizligi va gigienasi kabi dolzarb masalalar muhokama etildi.
Shavkat Toirov
Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский