11.12.2025. 10 dekabr’ kuni issiqlik elektr stansiyalari tizimi korxonalarida jamoatchi mehnat muhofazasi vakillari uchun videokonferensiya tarzida o‘quv seminar tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tashabbusi bilan o‘tkazildi.
Seminarda mehnat muhofazasi talablari, xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlari va baxtsiz hodisalarning oldini olish masalalari yoritildi. Shuningdek, vakillarning huquq va vazifalari, xavf-xatarlarni baholash tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv ishtirokchilar uchun xavfsizlik madaniyatini oshirish va jamoatchi vakillar faoliyatini takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский