13.04.2026. O‘zbekiston kasaba uyushmalarining Qashqadaryo viloyati Kengashi tashabbusi bilan korxona, tashkilot va muassasalarda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar uchun yurtimizning ko‘hna va betakror go‘shasi — Xorazm viloyatiga sayohat tashkil etildi.
Mazkur sayohat davomida yoshlarimiz qadimiy Xorazmning boy tarixi, bebaho madaniy merosi hamda betakror obidalari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Xususan, ular Ichan qal’a majmuasi, qadimiy madrasa va minoralar, tarixiy muzeylar hamda asrlar silsilasini o‘zida mujassam etgan muqaddas qadamjolarni ziyorat qilib, ajdodlarimiz qoldirgan ulkan ma’naviy merosdan bahramand bo‘ldilar.
Sayohat nafaqat yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishga, balki ularning Vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada mustahkamlashga, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalanishiga xizmat qildi. Shu bilan birga, bu kabi tashabbuslar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jamoa ichida hamjihatlikni kuchaytirish hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik yoshlarimizni yangi marralar sari ruhlantirib, kelgusida yurtimiz ravnaqi yo‘lida yanada fidoyilik bilan xizmat qilishlariga mustahkam zamin yaratadi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский