16.04.2026. Viloyat Yoshlar markazida Xorazm viloyati xalq deputatlari Kengashi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyati kengashi hamkorligida “Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini takomillashtirish” mavzusida forum va “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Tadbirda deputatlar, Yoshlar parlamenti a’zolari, kasaba uyushmalari vakillari, shuningdek, xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlari qoshidagi Yoshlar maslahat guruhlari a’zolari ishtirok etdilar.
Forumda so‘zga chiqqanlar — Xorazm viloyati xalq deputatlari Kengashi raisi Altibay Radjapov, Oliy Majlis Senati a’zosi Sayyora Abdikarimova, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyati kengashi raisi Gulsara Qurbonboeva va boshqalar yoshlar siyosati, hududlarda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish hamda Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatining ahamiyatiga alohida to‘xtaldilar.
Tadbir doirasida Xorazm viloyati xalq deputatlari Kengashi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyati kengashi o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu hujjat yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Forumning ikkinchi qismida Yoshlar maslahat guruhlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Unda 84 nafar yosh ishtirok etdi. Bellashuvlar yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, munosib taqdirlandilar.
Mazkur forum Yoshlar maslahat guruhlari faoliyatini rivojlantirish, davlat organlari va yoshlar o‘rtasida samarali muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский