16.04.2026. Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Sayyod Sharopov «mehnat intizomini bir marta qo‘pol buzganlik» vaji bilan ishdan bo‘shatilgan edi.
Adolat qaror topishini istagan direktor O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Farg‘ona viloyati kengashiga murojaat qildi.
Olib borilgan o‘rganish ishlari davomida kasaba uyushmalari huquqshunoslari tomonidan hujjatlar tahlil qilinib, ishdan bo‘shatish jarayonida amaldagi mehnat qonunchiligi, jumladan, Mehnat kodeksining 313-moddasi talablari buzilgani aniqlandi.
Shundan so‘ng tegishli tashkilotlar bilan muzokaralar olib borildi. Natijada Sayyod Sharopovni avvalgi lavozimiga tiklash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Jarayon doirasida kasaba uyushmalari tomonidan Mehnat kodeksining 540-moddasiga asosan ish beruvchiga bajarilishi shart bo‘lgan taqdimnoma kiritildi. Natijada ish beruvchining tegishli buyrug‘i bekor qilinib, direktor o‘z lavozimiga qayta tiklandi.
Muhimi, ushbu mehnat nizosi sudgacha bo‘lgan bosqichdayoq ijobiy hal etildi.
Bu holat kasaba uyushmalarining xodimlar huquqlarini himoya qilishda va ijtimoiy adolatni ta’minlashda muhim o‘rin tutishini yana bir bor ko‘rsatdi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский