[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

06.05.2026. 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xorazm viloyatidagi «Kasaba uyushmalari bog‘i»da faxriylar uchun madaniy-ma’rifiy hamda sport tadbirlari tashkil etildi.

Unda kasaba uyushmalari tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan nuroniylar hamda bugungi kunda faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etdilar.

Tadbirni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xorazm viloyati Kengashi raisi Gulsara Kurbanbaeva ochib berib, keksalarni e’zozlash xalqimizga xos ezgu qadriyat ekanini ta’kidladi. Shuningdek, faxriylarning boy hayotiy tajribasi va mehnat faoliyati yosh avlod uchun vatanparvarlik va fidoyilik namunasi bo‘lib xizmat qilishi qayd etildi.

Tadbir davomida Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash ustuvor vazifalardan biri ekani, kasaba uyushmalari tomonidan faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Kasaba uyushmasi faxriysi Rahimbergan Matrasulov so‘zga chiqib, nuroniylarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Tadbir doirasida barcha faxriylarga estalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, ishtirokchilar bog‘ bo‘ylab tashkil etilgan ommaviy yurish marafonida qatnashdilar hamda shaxmat, shashka va stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan bellashuvlarda faol ishtirok etdilar.

Tadbir so‘ngida nuroniylar uchun bayram dasturxoni yozildi.

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xorazm viloyati Kengashi tomonidan faxriylarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.