[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

12.05.2026. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 apreldagi “9 may — Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-139-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tizimidagi korxonalarda “Burch, jasorat, matonat!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rgazmalar va sport musobaqalari tashkil etildi.

Fidoyi insonlar xotirasini yodga olish va faxriylarni e’zozlash, muhtoj insonlar holidan xabar olish xalqimizga xos oliyjanob qadriyatdir.

Shu munosabat bilan tarmoq tizimidagi korxonalar jamoalari tomonidan hududlar markazlarida joylashgan “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘yish marosimlarida ishtirok etildi. Vatan ravnaqi va erkinligi yo‘lida jon fido etgan yurtdoshlarimiz xotirasiga chuqur hurmat bajo keltirildi.

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan korxonalar tomonidan front orti mehnat faxriylari holidan xabar olinib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi hamda faxriylar va yoshlar ishtirokida “Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” va muzeylarga ekskursiyalar tashkil etildi.

Shuningdek, korxonalar hududida tashkil etilgan ko‘rgazmalarda mamlakatimiz qurolli kuchlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

“Qadr va ehtirom — ezgu an’ana” shiori ostida korxonalar vakillari marhum xodimlarning oila a’zolari holidan xabar olib, bayram bilan tabrikladilar, yashash sharoitlari va mavjud muammolari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, bu kabi ezgu tashabbuslar inson qadri, xotira va e’tiborning amaldagi ifodasi bo‘lib, marhumlar xotirasiga hurmat va ularning oilalariga mehr-oqibat ko‘rsatishning muhim namunasi hisoblanadi.

9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan xodimlar, faxriylar va yoshlar o‘rtasida spartakiadalar o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib jamoalarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shavkat Toirov

Kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi