14.05.2026. Mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, aholi orasida mutolaaga bo‘lgan qiziqishni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 15 yanvardagi PQ-9-son qarori muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash, yoshlar va mehnat jamoalari o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish maqsadida Navoiy issiqlik elektr stansiyasida “Zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi.
Tadbirda korxonaning qariyb 40 nafar ishchi-xodimlaridan tashkil topgan 7 ta jamoa ishtirok etib, bilim va tafakkur borasida o‘zaro bellashdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, Bug‘-gaz qurilmasining “Everest” jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi. Elektr sexining “IQ” jamoasi 2-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Issiqlik avtomatikasi va o‘lchashlar sexining “Smart” jamoasi esa 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Karmana tumani Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda “Kelajak” markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda g‘olib va faol ishtirokchilar diplomlar hamda stansiya Kasaba uyushma qo‘mitasining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Mazkur intellektual bellashuv jamoada kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ma’naviy-ma’rifiy muhitni mustahkamlash va yoshlarni mutolaaga keng jalb etishga xizmat qildi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский