18.05.2026. Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim olishi, ilmiy va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ishlar izchil davom etmoqda. Bu borada davlat siyosati darajasida amalga oshirilayotgan islohotlar yosh avlodning jamiyatda munosib o‘rin egallashida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Joriy yilning 24 fevral’ kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirokida o‘tkazilgan yoshlar bilan ochiq muloqotda ham mazkur masalaga alohida e’tibor qaratildi. Davlat rahbari mamlakatimizdagi millionlab yoshlar Yangi O‘zbekistonning tayanchi va katta kuchi ekanini ta’kidlab, ularni qo‘llab-quvvatlash har bir rahbarning ustuvor vazifasi bo‘lishi lozimligini qayd etdi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Rahbar va yoshlar” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Ibrohim Isoqov, institut rektorining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Bahodir Boborajabov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ilmiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr almashildi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi tizimida ham yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, sayohatlar, ekskursiyalar va ko‘rik-tanlovlar muntazam tashkil etib kelinmoqda.
Ochiq muloqotda talabalar o‘z taklif va tashabbuslari bilan faol ishtirok etdilar. Ayniqsa, ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o‘tash, innovasion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va sohada ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish bo‘yicha bildirilgan fikrlar qizg‘in muhokama qilindi.
Tadbirning eng muhim qismi “Respublika kengashi stipendiyasi” ko‘rik-tanlovi Respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘ldi. Mazkur tanlov iqtidorli, tashabbuskor va jamoat ishlarida faol ishtirok etayotgan talabalarni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi.
Tanlov ishtirokchilari “Venovizo-AI tizimli qurilmalarining ahamiyati”, “Xonadonlarda quyosh panellarini o‘rnatish samaradorligi” kabi dolzarb mavzularda o‘z ilmiy ishlanmalari va taqdimotlari bilan qatnashdilar.
Yakunlarga ko‘ra, Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabalari Pardaeva Mohinur Sirojiddin qizi va Xolmamatov Behruzbek Shokir o‘g‘li tanlov g‘olibi deb e’tirof etildi hamda Respublika kengashi stipendiyasi bilan taqdirlandi.
Shuningdek, tadbirda faol ishtirok etgan bir qator talabalarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shavkat Toirov
O‘zbekiston kimyo va farmasevtika sanoati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский