26.05.2026. Samarqand tumani Ohalik mahallasida joylashgan “Alpomish” bolalar oromgohida 2026 yilgi yozgi dam olish va sog‘lomlashtirish mavsumini namunaviy tashkil etishga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari H.To‘xtaev, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati Kengashi raisi o‘rinbosari A.Abdusaidov, Bolalar dam olishi va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i F.Qilichova, shuningdek, tegishli boshqarma va idoralar hamda oromgohlar mas’ullari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida yozgi mavsumga tayyorgarlik ishlari, bolalar xavfsizligini ta’minlash, sog‘lom ovqatlanish va tibbiy xizmatni tashkil etish, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy hamda sport tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, joriy yilda viloyatdagi 14 ta bolalar oromgohida 5 mavsum davomida minglab bolalarning mazmunli dam olishi va sog‘lomlashishi uchun sharoit yaratiladi. Shu bilan birga, umumta’lim maktablari qoshida tashkil etiladigan sog‘lomlashtirish maydonchalari faoliyati ham yo‘lga qo‘yiladi.
Seminarda “Oromgohlar.uz” elektron platformasi orqali yo‘llanmalarni onlayn sotish tizimi, pedagog va tarbiyachilarni saralash jarayonlari hamda oromgohlarda amalga oshiriladigan 12 kunlik namunaviy dastur taqdim etildi. Ushbu dastur doirasida sport musobaqalari, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, milliy qadriyatlar, turizm, ekologiya va kasb-hunarga bag‘ishlangan turli tanlov hamda tadbirlarni tashkil etish nazarda tutilgan.
Shuningdek, yozgi mavsum davomida oromgohlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ichki ishlar, favqulodda vaziyatlar, sog‘liqni saqlash tizimi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.
Seminar yakunida mutasaddilar tomonidan bolalar uchun xavfsiz, mazmunli va unutilmas yozgi dam olish mavsumini tashkil etish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский