[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]
35 yil

25.05.2026. Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Yoshlar parlamentlararo assambleyasining 26-yig‘ilishi hamda MDH Parlamentlararo assambleyasining 60-plenar yig‘ini doirasida kasaba uyushmalar yettakchi yoshlarining ishtiroki tashkil etildi.

Dastur MDH davlatlari yoshlari o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, zamonaviy mehnat munosabatlari, yoshlar siyosati va kasaba uyushmalari faoliyati bo‘yicha tajriba almashish uchun muhim maydonga aylandi.

Yoshlar parlamentlararo assambleyasi yig‘ilishida xalqaro malaka oshirish dasturlarini tashkil etish tashabbusi qo‘llab-quvvatlandi. Tadbir ishtirokchilari bunday dasturlar yosh kadrlar salohiyatini oshirish, ularning xalqaro hamkorlik va tajriba almashuv jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.

Malaka oshirish dasturida MDH davlatlaridan kelgan yoshlar va kasaba uyushmalari vakillari ishtirok etdi. Ular mehnat sohasidagi qonunchilik, yoshlar siyosati hamda kasaba uyushmalari faoliyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Dastur yoshlarni xalqaro darajadagi amaliy jarayonlarga jalb qilish va tajriba almashish uchun samarali platforma vazifasini bajarmoqda.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi delegasiyasi ham faol ishtirok etdi. Tashrif davomida yirik sanoat korxonalarida mehnat qilayotgan yosh ishchilarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, munosib mehnat sharoitlarini yaratish va xodimlarni rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr almashdi.

Anjumanning asosiy mavzulari qatorida sun’iy intellekt texnologiyalarining yoshlar hayotiga ta’siri, raqamli xavfsizlik, innovasion iqtisodiyot, platformaviy bandlik, yoshlar bandligini ta’minlash hamda shaxmat diplomatiyasi masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovasion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi a’zosi Behzod To‘xtamurodov mamlakatimizda raqamlashtirish sohasida qabul qilingan milliy strategiyalar, sun’iy intellektni rivojlantirish va sohani huquqiy tartibga solish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi.

Malaka oshirish dasturi ishtirokchilari BMT Kontrterrorizm boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan xalqaro konferensiyada ham qatnashib, sun’iy intellekt va yangi texnologiyalardan xavfsizlik sohasida foydalanishning huquqiy jihatlari yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, ular MDH Parlamentlararo assambleyasining 60-plenar yig‘ini ishlarida ishtirok etib, sog‘liqni saqlash, mehnat munosabatlari, raqamli texnologiyalar va yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashga oid masalalar muhokamasida qatnashdilar.

Mutaxassislar fikricha, bunday xalqaro malaka oshirish dasturlari yoshlar uchun zamonaviy bilim va tajriba maktabi bo‘lib, mamlakatlar o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda mehnat sohasidagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirishga xizmat qiladi.

Umida Shadieva

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Yoshlar bo‘limi mudiri