27.08.2026. O‘zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan xodimlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yiilligi munosabati bilan tashkil etilgan mazkur tanlov “MILLLAT ShAVKATI” kitobi mutolaasiga bag‘ishlandi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tashabbuslari bilan jamiyatimizning barcha jabhalari hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, ulardagi jadal o‘sish sur’atlari xalqimiz hayotida va turmush farovonligida o‘zining samarasini ko‘rsatmoqda.
So‘nggi 10 yilda O‘zbekistonda erishilgan olamshumul natijalar bilan bir qatorda yaqin o‘tmishimizdagi voqelikning xolisona tahlili bayon etilgan “MILLAT ShAVKATI” kitobining nashr etilishi mamlakatimiz manaviy-ma’rifiy hayotidagi muhim voqealardan biri sifatida keng jamoatchilik tomonidan e’tirof etildi.
Tanlov ishtirokchilari dastlab kitobning mazmun-mohiyatiga oid test savollariga javob berdilar. Shundan mo‘ng “MILLAT ShAVKATI” kitobi bo‘yicha ishtirokchilar o‘z taqdimotlarini namoyish etdilar.
Nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan g‘oliblar aniqlandi.
1-, 2-, 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar Respublika Kengashi tomonidan munosib rag‘batlantirildi.
![[:uz]Ўзбекистон касаба уюшмалари Федерациясининг Портали[:ru]Портал Федерации Профсоюзов Узбекистана[:oz]Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Portali[:uzl]Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Portali[:]](https://kasaba.uz/wp-content/uploads/2024/04/cropped-ohirgi-logo_kasaba_v13-removebg-preview.png)



O'zbekcha
Русский